12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 102,09 Kb.
səhifə6/9
tarix22.05.2023
ölçüsü102,09 Kb.
#111984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fond.birjasi

Birja infratuzilmasi birja savdolarining professional ishtirokchi-lari boʻlib, birja faoliyatini amalga oshirishini taʼminlovchi tashkilot-lardir. Ularga quyidagilarni kiritish lozim:



  1. qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi;




  1. qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga oluvchi tashkilot;




  1. kliring (hisob palatalari);




  1. netting;




  1. axborot agentliklari.



Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va emis-siyaviy qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi davlat depozitariysidir.

Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi.


Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Shu borada qimmatli


208
qogʻozlar markaziy depozitariy vazifalari toʻgʻrisida ham aytib oʻtish lozim.


Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: -qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish; -hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash;


-qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni

saqlash;

-qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish;

-davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish;


-investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;


-qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;


-Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqa-rilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;


-Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;


-agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;


-Deponentlarning yagona bazasini yuritish;


-Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish;


-depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish.


Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariy huquqlariga: qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur maʼlu-motlarni soʻrash va olish hamda boshqa huquqlarni ham kiritish mumkin.


Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


209


  1. manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi;




  1. saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qogʻozlar-ning but saqlanishini taʼminlashi;




  1. oʻzining har bir deponentiga tegishli qimmatli qogʻozlar soni-ning va nominal qiymatining hisobini yuritishi;




  1. qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuning-dek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;




  1. oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiya-larni amalga oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;




  1. oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiya-larni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi;




  1. oʻz deponentining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda tasdiqlashi;




  1. depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjud-ligi va harakati, holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼmin-lashi;




  1. oʻz deponentining depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turishi va boshqalar.




Yüklə 102,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə