12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 102,09 Kb.
səhifə4/9
tarix22.05.2023
ölçüsü102,09 Kb.
#111984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fond.birjasi

Investitsiya maslahatchisi qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatadi, shuningdek

204
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.




Investitsiya fondi – investorlarning pul mablagʻlarini va qoʻyilma-larini investitsiya aktivlariga jalb qilish maqsadida aksiyalar chiqara-digan yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir.

Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib kelishi mumkin. Investitsiya fondi oʻz huquq va majburiyatlariga ega. Ushbu huquqlar investitsiya fondi ustavida belgilanadi. Ammo, investitsiya fondi faoliyatida ayrim huquqlarga ega emasligini koʻrishimiz mumkin. Masalan:


-korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini, shuningdek imtiyozli aksiyalarni chiqarish;


-fond sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiyalash;


-toʻlanishi lozim boʻlgan qarzning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolanadigan sanadagi holatga koʻra investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etish. Kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak;


-kafil boʻlish, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyish;


-tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha ja-vobgarligini nazarda tutadigan yuridik shaxslarning qimmatli qogʻoz-lariga investitsiyalarni amalga oshirish;


-investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga invest-titsiyalarni amalga oshirish;


-boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olish va ularga ega boʻlish;


205
-umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirish.





Yüklə 102,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə