12-mavzu: Gruntlarning tarkibi, klassifika`iyusi Reja



Yüklə 23,03 Kb.
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü23,03 Kb.
#165883
1   2   3   4   5   6   7   8
12-mavzu Gruntlarning tarkibi, klassifika`iyusi Reja-fayllar.org

Yirik bo’lakli gruntlar – bunday gruntlarga donalarining o’lchami 2 mm dan katta bo’lgan gruntlar kiradi. Donalarining silliqlanish darajasi ularning genetik turiga bog’liq. Yirik bo’lakli gruntlarga misol – harsang tosh, g’o’latosh, shag’al, mayday shag’al,chaqiqtosh. Yirak bo’lakli gruntlar bosim ta’sirida kam siqiladi,siljishga mustahkamligi, suvga chidamliligi – ularning muhim xususyatlaridan biridir. Suv o’tkazuvchanligi 1 sutkada 100 m dan ortadi.
Qumli gruntlar - zarrachalarining o’lchami 2 mm – 0.05 mm gacha bo’lgan gruntlar bo’lib, mineralogik tarkibida kvars, dala shpati, slyuda kabi minerallar uchraydi, tarkibida changsimon zarralar ham uchrashi mumkin. Qumlar tabitda zichlangan va zichlanmagan holatda bo’lishi mumkin. Donalarining silliqlanish darajasi ularning genetik turiga bog’liq bo’ladi. Suvga to’yingan qumli gruntlarga ishlov berilishi natijasida ularning muvozanati buziladi va tuzilishi o’zgarib, oquvchanlik holatiga keladi, qumlarda harakatlanish tez bo’ladi, chunki suv qumdan ajiralmagan holda birga oqadi. Bunday qumlardagi jarayon quyqalanish deb ataladi. Qumli gruntlar sochiluvchan gruntlarga kiradi va ularga kuch ta’sir etganda o’z shaklini saqlay olmaydi, shakli buziladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi ularning zichligiga, namligiga bog’liq bo’lib, zichlangan holatda soz, aks holda nosoz zamin hisoblanadi.
Gilli gruntlar deb zarralari o’zaro bog’langan gruntlarga aytiladi. Suvning ta’siriga 2 turga bo’linadi.
  1. Suvga chidamli gilli gruntlar - argelit, alevrolit, glina


  2. Suvga chidamsiz: supes, suglinok, glina


2 – turdagi gilli gruntlar holati (konsistensiya) ga qarab 3 gruhga bo’linadi:


1)Qattiq, yarim qattiq gilli gruntlar
2)Plastik holatidagi gilli gruntlar
3)Oquvchan holatidagi gilli gruntlar
Gilli gruntlar tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, ko’pgina inshootlarning zamini bo;lib xizmat qiladi. Ko’pincha bu gruntlarning qurilish xossalari salbiy xususyatga ega bo’ladi. Shuning uchun gilli gruntlar yotish holatini, qalinligini, tarkibini, fizik – mehanik xususyatlarini jumladan siqilishini, zichligini, ko’pchishini aniqlash zarur.
Bog’lanishlari, mustahkamliklari, xususyatlari turli bo’lgan gruntlar mahsus sinf gruntlari deyiladi, ularga botqoq yoqiziqlari, doimiy muz yotqiziqlari, sun’iy gruntlar lyoss va lyossimon gruntlar kiradi.

Yüklə 23,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə