12-mavzu: Gruntlarning tarkibi, klassifika`iyusi Reja



Yüklə 23,03 Kb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü23,03 Kb.
#165883
1   2   3   4   5   6   7   8
12-mavzu Gruntlarning tarkibi, klassifika`iyusi Reja-fayllar.org

Maxsus sinf gruntlari: Botqoq yoqiziqlari va ularning muhandis geologik xususyatlari.Botqoq yotqiziqlariga loy va torf kiradi.Yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan,yer osti suvlari yer yuziga yaqin joylarda botqoq yotqiziqlari hosil bo’ladi. Botqoq yotqiziqlaridan loyni bizning o’lkamizda daryolarning eski o’zanida uchratish mumkin. Loy quydagi xususyatlarga ega:ularning namligi 100% dan ko’p, g’ovakligi 1 -2 % oralig’ida, siqilish moduli – 100 – 150 mm/m, ichki ishqalanishga – 10 - 110 gacha, tutashuvchanlik kuchi Cw= 0.001: 0.1 MPa gacha.
Loy yotqiziqlari yoshiga qarab 3 turga bo’linadi:
1)Qadimgi loy yotqiziqlari
2)Yosh loy yotqiziqlari
3)Hozirgi loy yotqiziqlari
Qadimgi loy yotqiziqlari ko’pincha yarim quruq holatda bo’ladi.
Yosh loy yotqiziqlari tabiatda plastik holatda bo’ladi.
Hozirgi loy yotqiziqlari esa oquvchan holda bo’ladi.
Botqoq yoqiziqlarida qurilish ishlarini olib borilganda namlikni yo’qotish usullaridan (qumli quduqlardan, elektr quritgichlardan)Qoziqli poydevorlardan, baland ko’tarmalardan,tagi keng poydevorlardan foydalaniladi.
Torf – loydan tarkibida o’simlikk qoldiqlarini ko’pligi bilan farqlanadi. Torf yer sharining Yevropa qismida ko’p tarqalgan. Torf yotqizig’i: ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Torfning xususyati:tolasimon, ko’p siqiluvchan, qo’ng’ir qora rangdagi grunt bo’lib, loy yotqizig’idan namlikni ko’p saqlashi bilan ajiralib turadi. Ko’pincha torf qatlamlari suvga to’yingan holatda bo’ladi. Lekin tabiatda quruq torflar uchraydi. Torfning yana bir xususyati zichligining kamligi,namligining ko’pligidir.
Torflar 2 turga bo’linadi:
1)Ko’milgan yoki qadimgi torflar
2)Ochiq yoki yosh torflar
Torfda namlik 700-1000 % gacha bo’ladi. Torfning siqilishi uning chirish darajasiga bog’liq. Ichki ishqalanish ulardagi yoshga qarab φ=10-300, siqilish koeffitsent 3-14 sm2 larni bilishi mumkin.
Lyoss va lyossimonlar,ularning xususyatlari: Lyoss so’zi adabiyotga nemis olimi K.G. Leonard tomonidan 1823 yilda kiritilgan bo’lib, ,,bo’shoq, uvalanadigan” degan ma’noni anglatadi. Lyoss tabiatda tarqalgan bo’lib,ko’pgina inshootlarning zaminii bo’lib xizmat qiladi va uning qalinligi bir necha metrdan bir necha yuzlab metrga yetadi. O’zbekistonda lyossning qalinligi 100 m dan ortiq. Markaziy Osiyodagi va O’zbekistondagi lyoss va lyossimon gruntlarning tarkibini, tuzilishini, xissalarini birinchi bo’lib o’rgangan olim G’.O Mavlonov bo’lib, u lyossning qalinligi asosiy xuxsusyatlarini aniqlagan.
1)Sarg’ishtir, qizg’ish - qo’g’ir rangga ega
2)G’ovakligi juda katta >46 % ko’p
3)Granulometrik tarkibi bir xil, yani rang fraksiyasining miqdori 70 % dan ko’p
4)Tarkibida Ca,Mg karbonatlarining ko’pligi (umumiy miqdoriga nisbatan ularning miqdori 5% dan ko’p)
5)Lyoss tarkibida yirik bo’lakli tog’ jinslarining bo’laklari uchramaydi.
6)Lyossni quruq hamda ishlov berilganda tik zov hosil qiladi.
7)Ularga suv ta’sir etganda cho’kuvchanlik xususyatiga ega.
Agar yuqoridagi 7 ta xususyatning hamlmasi gruntlarda uchrasa, bunday tog’ jinslari lyoss deyiladi.
Agar ularning bittasi yoki bir nechtasi bo’lmasa, bunday gruntlar lyossimon gruntlar deyiladi. Ular lyossimon supes va lyossimon suglinok bo’lishi mumkin. G’.O Movlonov lyoss va lyossimon gruntlarni o’rganib, ularni hosil bo’lishiga asosan 2 turkumga ajiratadi:

Yüklə 23,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə