13-Ma’ruza: Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizlikni ta’minlash. Reja



Yüklə 228,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü228,23 Kb.
#156533
  1   2   3   4   5


13-Ma’ruza: Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizlikni 
ta’minlash.
Reja: 
1. Ma’lumotlarni kiritishdagi mavjud muammolar. 
2. Ma’lumotlar bazasidagi xatoliklarni yo’qotish. 
3. Yangi foydalanuvchini yaratish. 
4. Revoke komandasi.
5. Cascade va Resrict kalit so’zlari. 
Annotatsiya:Ma’lumotlarni kiritishdagi mavjud muammolar, ma’lumotlar 
bazasidagi xatoliklarni yo’qotish, yangi foydalanuvchini yaratish, Revoke 
komandasi va Cascade, Resrict kalit so’zlari. 
Foydalanuvchilar va ular imtiyozlari
Foydalanuvchilar. 
SQL muxitida xar bir foydalanuvchi maxsus identifikatsiton nom, murojjat 
identifikatoriga (ID) ega. Ma’lumotlar bazasiga yuborilgan komanda ma’lum 
foydalanuvchi bilan yoki boshqacha aytganda maxsus murojaat identifikatori bilan 
bog‘lanadi. SQL ma’lumotlar bazasida ID ruxsat – bu foydalanuvchi nomi va 
SQL komanda bilan bog‘langan murojaat identifikatoriga ilova qiluvchi maxsus 
kalit 
so‘z 
USER 
dan 
foydalanishi 
mumkin.
Registratsiya bu kompьyuter tizimiga kirish xuquqini olish uchun foydalanuvchi 
bajarishi kerak bo‘lgan protseduradiryu Bu protsedura foydalanuvchi Bilan qaysi 
murojaat ID si bog‘lanishini aniqlaydi. Odatda xar bir ma’lumotlar bazasidan 
foydalanuvchi o‘zining ID siga ega bo‘lishi kerak va registratsiya jarayonida 
xaqiqiy foydalanuvchiga aylanadi. Lekin ko‘p masalalarga ega foydalanuvchilar 
bir necha murojaat ID lari bilan registratsiyadan o‘tishlari 1ki bir necha 
foydalanuvchi bitta murojaat ID sidan foydalanishlari mumkin. 
Imtiyozlar.
Xar bir foydalanuvchi SQL ma’lumotlar bazasida nima qilish mumkinlgini 
ko‘rsatuvchi imtiyozlarga egadir. Bu imtiyozlar vaqt o‘tishi Bilan o‘zgarishi ya’ni 
eskilari o‘chirilib yangilari qo‘shilishi mumkin. SQL imtiyozlar bu ob’ekt 


imtiyozlaridir. Bu shuni bildiradiki foydalanuvchi berilgan komandani ma’lumotlar 
bazasining biror ob’ekti ustida bajarishi mumkin. Ob’ekt imtiyozlari bir vaqtning 
o‘zida foydalanuvchilar va jadvallar Bilan bog‘liq. YA’ni imtiyoz ma’lum 
foydalanuvchiga ko‘rsatilgan jadvalda, asos jadvalda yoki tasavvurda beriladi. 
Ixtiyoriy turdagi jadvalni yaratgan foydalanuvchi shu jadval egasidir. Bush uni 
bildiradiki foydalanuvchi bu jadvalda xamma imtiyozlarga ega va imtiyozlarini shu 
jadvalning boshqa foydalanuvchildariga uzatishi mumkin. 
Foydalanuvchiga tayinlash mumkin bo‘lgan imtiyozlar: 
· SELECT Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvallarda so‘rovlar bajarishi 
mumkin. 
· INSERT Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalda INSERT komandasini 
bajarishi mumkin. 
· UPDATE Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalda UPDATE komandasini 
bajarishi mumkin. Bu imtiyozni jadvalning ayrim ustunlari uchun cheklab 
qo‘yishingiz mumkin. 
· DELETE Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalda DELETE komandasini 
bajarishi mumkin.
· REFERENCES Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalning ustunidan (yoki 
ustunlaridan) ajdod kalit sifatida foydalanuvchi tashqi kalit aniqlashi mumkin. Siz 
bu imtiyozni ayrim ustunlar uchun berishingiz mumkin. 
Bundan tashqari siz ob’ekt nostandart imtiyozlarini uchratasiz, masalan INDEX 
(INDEKS) –jadvalda indeks yaratish xuquqini beruvchi, SYNONYM 
(SINONIM)- ob’ekt uchun sinonim yaratish xuquqini beruvchi va ALTER 
(IZMENITЬ)- jadvalda ALTER TABLE komandasini bajarish xquqini beruvchi. 
SQL Mexanizm foydalanuvchilarga bu imtiyozlarni GRANT komandasi 
yordamida beradi. 

Yüklə 228,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə