15 may 2023-y. 01-06/3-255-son



Yüklə 83,08 Kb.
səhifə3/6
tarix03.07.2023
ölçüsü83,08 Kb.
#119115
1   2   3   4   5   6
15 май 01-255 ММТБларга

Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin!
Yoshlik umrning eng bebaho davri. Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!
Yuksak maqsadlar yo‘lida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch bo‘lishingiz kerak.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.
Biz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda.
Bizning maqsadimiz - yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalashdan iborat”.
Quyidagilar ta’qiqlanadi:
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirini tantanali qismini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy ssenariy

Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar (Bir qiz va bir o‘g‘il bola) kirib keladi.



  1. boshlovchi: Xazinamsan, taxtim o‘zingsan,

Qiyosi yo‘q baxtim o‘zingsan. Yer yuzining jannati sensan, Yaratganning san’ati sensan. Jannatbog‘im, hazratog‘imsan, Mehrobimsan, sajdagohimsan. Sen onasan, muqaddas Vatan! Yagonasan, muqaddas Vatan!

  1. boshlovchi: Sen ulug‘ siymosan mangu barhayot, Har yuzda aks etar, sen bergan hayot, Sening o‘g‘il-qizing sengadir qanot, Qalbda mehr bo‘lgan, jon O‘zbekiston!

  1. boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar!

  2. boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar!

  1. boshlovchi: Bugun mamlakatimizda barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimiz uchun chin ma’noda bayram.

  2. boshlovchi: Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona sababchilari bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz.

(musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf o‘quvchilari kirib keladi.)


  1. Yüklə 83,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə