15 may 2023-y. 01-06/3-255-son



Yüklə 83,08 Kb.
səhifə5/6
tarix03.07.2023
ölçüsü83,08 Kb.
#119115
1   2   3   4   5   6
15 май 01-255 ММТБларга

boshlovchi: Bu borada o‘quvchilarimizning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktabimizda va mahallalarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

  • boshlovchi: Bugun ushbu ham quvonchli, ham hayajonli tadbirni biz bilan baham ko‘rib, shodligimiz va hursandchiligimizga sherik bo‘lgani bir qator mehmonlar tashrif buyurishgan. So‘z navbatini ularga bersak.

    (tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi, MFY xodimi va xk. Ular bitiruvchi o‘quvchilarni tabriklab, hududda 5 ta tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadi)
    2-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar! Bugungi samimiy tilaklar, go‘zal raqslar, dilrabo kuy va qo‘shiqlar barchasi sizlarga atalgan. Shunday ekan, jajji kichkintoy singillarimizning tabrigini qabul qiling.
    (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chiqishlari)

    1. boshlovchi: Bugun shodlik bayrami, do‘stlar!

    G‘am to‘lmasin dillarga biroq, Kuzatgani sizlarni xandon, Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq.

    1. boshlovchi: O, qandayin beg‘ubor ovoz,

    Orom berar bu dam dillar-chun. Zor tilagin sizga qo‘ng‘iroq, Bildiradi olis yo‘llar-chun!

    1. boshlovchi: Bugun juda ajoyib kun, to‘g‘rimi! Qarang, ustozlar ham, o‘quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda. Ularning yuraklari shodlik va hayajonga to‘lgan. Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli, ba’zan qiyin damlarini birga o‘tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo‘lib, parvozga shay bo‘lib turibdi.

    2. boshlovchi: Nimasini aytasiz, ularning porlab turgan ko‘zlariga qarab, har biringizning qalblaringiz baxt va shodlikka to‘lsin, yuragingiz o‘ti aslo o‘chmasin, insonning eng oliy tuyg‘ulari sizga hamroh bo‘lsin deb qolamiz.

    1. boshlovchi: Azizlar, keling navbatni bitiruvchi o‘quvchilarimizga bersak.

    Marhamat.
    (Sahnaga har bir sinfdan bitiruvchi o‘quvchilar chiqib o‘zlarining dil izhorlarini aytishadi va o‘zlari tayyorlagan kuy va raqslarini namoyish etishadi.)

    1. boshlovchi: Aziz bitiruvchilar sizlarni tabriklash uchun hurmatli mehmonlarimizdan (sobiq bitiruvchilardan vakil) ga beramiz. Marhamat.


    1. Yüklə 83,08 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə