15 may 2023-y. 01-06/3-255-son


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash



Yüklə 83,08 Kb.
səhifə2/6
tarix03.07.2023
ölçüsü83,08 Kb.
#119115
1   2   3   4   5   6
15 май 01-255 ММТБларга

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha TAVSIYALAR

Mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini (keyingi o‘rinlarda – tadbir) yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya etiladi:


umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirni joriy yilning 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish;
o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilarini jalb etish;
tadbirni maktabning hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;
tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida joylardagi mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqam va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish;
tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilarini taklif etgan holda ular tomonidan bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini bildirishlarini tashkil etish;
tadbirda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash va rag‘batlantirish;
maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalarini “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berish.
Tadbir o‘tkazishda maktab hududiga muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi shior va chaqiriqlarni ilib qo‘yish tavsiya etiladi:

Yüklə 83,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə