16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni



Yüklə 320,26 Kb.
səhifə34/74
tarix30.07.2023
ölçüsü320,26 Kb.
#120120
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon-www.hozir.org

S pektral asboblar. Spektrning ko'rinish sohasini o'rga­nish uchun spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng sodda spektroskop 1- rasmda ko'rsatilgan. Spektroskop kollimator — 1; prizmali ko'rish trubasi — 2; prizmali stolcha — 3; tirqish — 4; linza - 5; obyektiv — 6 va okulyar — 7 lardan tashkil topgan. Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga tushadi. U prizmadan o'tishdaturli ranglarga ajraladi va obyektiv, ko'rish trubasi orqali okulyar yordamida kuzatiladi.
Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob spektrograf deb ataladi.

Yanada takomillashgan, ya'ni uchinchi truba bilan ta'minlangan asbob spektrometr deb ataladi.



Spektral tahlil qo'llanilishi. Spektral tahlil fan uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uning astronomiya uchun aha-miyati judayam katta. Osmon jismlarining tarkibi to'g'risida ma'lumot olishning yagona yo'li spektral tahlildir. Bu usul bilan Quyoshning, yulduzlarning va yulduz turkumining tarkiblari o'rganilgan, D.N.Mendeleyev elementlar jadvalining 25 ta ele­ments kashf qilingan. Hozirgi paytda spektral tahlil geologiyada, metallurgiyada, kimyoda, tibbiyotda va hatto oziq-ovqat sanoatida ham keng qo'llaniladi.

4. Tabiiy yorug'lik. Bizga ma'lumki, Maksvell nazariyasiga muvofiq yorug'lik ko'ndalang to'lqinlardan iborat bo'lib, elektr va magnit maydon kuchlanganliklarining vektorlari Ё va H o'zaro perpendikular va to'lqin tarqalish tezligi vektori v ga perpendikular tekislikda tebranadi. Shuning uchun ham yorug'likning qutblanish qonunlarini o'rganishda faqatgina bitta vektorni o'rganishning o'zi yetarlidir. Odatda, mulohazalar yorug'lik vektori deb ataluvchi elektr maydon kuchlanganligi vektori E to'g'risida yuritiladi.

Yorug'lik ko'plab atomlar tomonidan chiqariladi va ko'plab elektromagnit nurlanishlarning yig'indisidan iborat bo'ladi. Bu nurlanishlar mustaqil ravishda amalga oshirilgani uchun yorug'lik vektorining hamma yo'nalishlar bo'yicha taqsimoti bir xil bo'ladi.



E vektori barcha yo'nalishlar bo'yicha teng taqsimlangan yorug'lik tabiiy yorug'lik deyiladi (2- a rasm)..


Yüklə 320,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə