16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni


m - massaga jismning relyativistik (harakatdagi) massasi



Yüklə 320,26 Kb.
səhifə42/74
tarix30.07.2023
ölçüsü320,26 Kb.
#120120
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon-www.hozir.org

m - massaga jismning relyativistik (harakatdagi) massasi deyiladi. (1) dan ko’rinib turibdiki u0 bo’ladi. Demak, jism massasining tezlikka bog’liqligi yorug’lik tezligiga yaqin tezlikdagina namoyon bo’ladi.

1-rasmda jism massasining uning tezligiga bog’liq grafigi berilgan.



4. Massa va energiyaning bog’lanishi. Relyavistik mexanikada tezlikning o’zgarishi massaning o’zgarishiga, bu esa o’z navbatida to’la energiyaning o’zgarishiga olib keladi. Demak to’la energiya E va massa m orasida o’zaro bog’lanish mavjud. Bu bog’lanish tabiatning fundamental qonuni bo’lib, Eynshteyn tomonidan aniqlangan va qo’yidagi ko’rinishga ega

(4)


Sistemaning to’la energiyasi uning massasining yorug’likning bo’shliqdagi tezligining kvadratiga ko’paytmasiga teng.

(5)


Istalgan jismga, u harakatdami (massasi m) yoki tinchlikdami (massasi m0) ma’lum energiya mos keladi.

Agar jism tinch holatda bo’lsa, uning tinchlikdagi energiyasi

(6)

kabi aniqlanadi. Jismning tinchlikdagi energiyasi uning xususiy energiyasidir. Klassik mexanikada tinchlikdagi energiya E0 xisobga olinmaydi, chunki u=0 da tinchlikdagi jismning energiyasi nolga teng deb xisoblanadi.



Vaqtning bir jinsliligining natijasida klassik mexanikadagi kabi, relyavistik mexanikada ham energiyaning saqlanish qonuni bajariladi: yopiq sistemaning to’la energiyasi saqlanadi, ya’ni vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Nisbiylik nazariyasiga ko’ra jismning kinetik nazariyasi quyidagicha bo’ladi:

(7)
KVANT FIZIKASI ASOSLARI


1. Biz oldingi bobda yorug'likning ham zarralar oqimidan iborat (korpuskular nazariya) ekanligini tasdiqlovchi (geometrik optika), ham elektromagnit to'lqinlardan iborat (to'lqin nazariya) ekanligini tasdiqlovchi jarayonlar (interferensiya, difraksiya, qutblanish) bilan tanishdik. Bulardan tashqari, yorug'likning korpuskular tabiatini tasdiqlovchi fotoeffekt, Kompton effekti hodisalari kuzatil-gan. Xo'sh, yorug'lik o'zi nima, degan savolga aniqroq javob berish payti kelmadimi?
Biz hozirgacha o'rgangan klassik mexanika atomning tuzilishi va uning spektrining tabiatini tushuntirishga ojizlik qiladi. Umuman olganda, atomlarning va elementar zarralarning harakat qonunlari qanday bo'ladi?
Yuqoridagi savollarga javob izlash va ularni bir-biriga bog'lash kvant mexanikasining yaratilishiga olib keldi.
Biz quyida bu fanning vujudga kelishi va u asosida tushuntirib beriladigan fizik jarayonlar bilan, aniqrog'i, kvant mexanikasi asoslari bilan tanishamiz.
Yuqorida qayd etilganidek, yorug'likning tabiati haqidagi masala fiziklar oldida turgan eng katta muammolardan biri edi. Bu muammo, ayniqsa, issiqlikdan nurlanishni o'rganishjarayoni-da yaqqol namoyon bo'ldi. Uni yechish yo'lida dadil g'oyani ilgari surgan nemis fizigi M.Plank 1900- yilda «energiya faqat kichkina porsiyalar, ya'ni kvantlar ko'rinishida chiqariladi va yutiladi», degan fikrni bildirdi. 1905- yilda A.Eynshteyn fotoeffekt hodisasi uchun o'z formulasini yozib, Plank gipotezasini yanada rivojlantirdi.
Yorug'likning har ikkala tabiatini ham tasdiqlovchi hodisalar-ning mavjudligi, u har ikkala xususiyatga ham ega emAsmikan, degan fikrning tug'ilishiga sabab bo'ldi. Bu — yorug'likning kor-puskular-to'lqin dualiznmining paydo bo'lishiga olib keldi.

Yüklə 320,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə