16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni



Yüklə 320,26 Kb.
səhifə44/74
tarix30.07.2023
ölçüsü320,26 Kb.
#120120
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon-www.hozir.org

FOTOEFFEKT VA UNING QONUNLARI.
1. Fotoeffekt hodisasi. Moddaga tushayotgan nurlanish ta’sirida undan elektronlarning uchib chqishiga fotoeffekt deyiladi. Fotoeffekt ikki turga bo’linadi:1) tashqi fotoeffekt; 2) ichki fotoeffekt. Yorug’lik ta’sirida jismdan elektronlarning ajralib chiqib, erkin holatga o’tishi tashqi fotoeffekt deyilib u asosan metallarning to’lqin uzunligi kichik bo’lgan yorug’lik nuri bilan o’zaro ta’sirida kuzatiladi. Elektronlarning jismda bir holatdan ikkinchi holatga yorug’lik ta’sirida o’tishi ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt yarim o’tkazgichlarda sodir bo’ladi.

Fotoeffekt qonunlarini tekshirish borasida rus fizigi A.G. Stoletovning ishlari diqqatga sazovor. U ikkita elektrod va vakum shisha ballondan foydalanib (1-rasm), bu ballondagi tok kuchining elektrodlar orasidagi kuchlanisha va elektrodlardan birini yoritilish sharoitlariga bog’liqligini tekshirdi. Rasmdagi A elektrodga yorug’lik nuri tushirilsa zanjirda tok paydo bo’lganligini kuzatish mumkin. Agar yoritilgan elektrodga tok manbasining manfiy qismi ulansa, u holda avval tok kuchi kuchlanish ortishi bilan ortadi, keyin esa o’zgarmay qoladi (2-rasm), bu esa yorug’lik oqimi ta’sirida A elektroddan uchib chiqqan elektronlarning hammasi B elektrodga etib borganligini korsatadi. Yorug’lik oqimi oz’garmaganda hosil bo’ladigan eng katta fototokka to’yinish fototoki deyiladi. Tajribadan It to’yinish tok kuchi nurlanish oqimining quvvatiga to’gri proportsionalligi ma’lum bo’ladi. Yuqoridagi tajriba asosida fotoeffektning quyidagi qonunlari aniqlangan:


  • To’yinish tokining kuchi katodga tushayotgan yorug’lik oqimiga to’g’ri proportsional.


  • Fotoelektronlarning kinetik energiyasi tushayotgan yorug’likning chastotasiga tog’ri proporsional va yorug’lik oqimiga bog’liq emas.


  • Tushayotgan yorug’lik intensivligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fotoeffekt ma’lum chastotadan (to’lqin uzunligidan) boshlab ro’y bera boshlaydi va bu chastota katodning qanday materialdan yasalganiga bog’liq.





Yüklə 320,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə