16-mavzu. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (8 soat) Reja: Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi



Yüklə 42,72 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,72 Kb.
#150997
1   2   3   4   5
16-mavzu

Jahon Banki
Jahon Banki - Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shug’ullanadi. Jahon banki - xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.
1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati) da tashkil etilgan bo’lib, hozirda shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom - yaʼni Xalqaro Qayta Tiklanish va Taraqqiyot Banki (MBRR) da o’z aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi.
Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yo’naltirilgan bo’lsa, keyinchalik u o’z eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga ko’maklashishdir. Jahon banki o’z tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (XTTB) va Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi:
Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat ko’rsatuvchi - Xalqaro Moliyaviy Korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA). Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berish bilan shug’ullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablag’lari asosida moliyalashtiriladi. Jahon savdo tashkiloti. Jahon savdo tashkilotini tuzish g’oyasi 1944- yilda BMTning moliya va pul aylanmasi masalasiga bag’ishlab Bretton-Vudsda (AQSH) o’tkazilgan anjuman chog’ida paydo bo’lgan. Maqsad BMTning xalqaro iqtisodiy hamkorlikka ixtisoslashgan maxsus agentligini tashkil etishdan iborat bo’lgan.
1947-yilda Kubaning Gavana shahrida BMTning navbatdagi anjumanida Gavana xartiyasi qabul qilingan, ammo u kuchga kirmagan. Shu yili savdo va ta’riflar bo’yicha bosh bitim tuzilgan va u 1994- yilgacha amalda bo’lgan. 1995-yil 1-yanvaridan esa ushbu bitim negizida Jahon savdo tashkiloti faoliyat boshlagan. Hozirda 10 dan ziyod turli yo’nalishdagi bitimlar uning normativ-huquqiy bazasini tashkil etmoqda. Bu hujjatlar talabini bajarish tashkilotning barcha a’zolari uchun majburiy sanaladi. A’zo bo’lishni istagan davlatlar o’z milliy qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishi kerak. A’zo davlatlarning savdo siyosati Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalariga mos bo’lishi darkor. Unga a’zo bo’lib kirish esa ushbu davlatning mazkur tashkilot va uning boshqa a’zolaridagi savdo siyosati va savdo rejimiga mos ekanligini bildiruvchi belgi hisoblanadi. Tashkilot qoidalari buzilgan holatda, huquqlari buzilgan a’zo tashkilotning nizolarni hal etish organiga murojaat qilishi mumkin.
Jahon savdo tashkiloti a’zolar tomonidan boshqariladigan organ hisoblanadi. Shuning uchun nomzod davlatning savdo tartibi tashkilot qoidalariga to’liq mos ekani barcha a’zo mamlakatlar tomonidan ma’qullaganidan so’ng tegishli qaror qabul qilinadi. Tashkilotning 164 ta a’zo mamlakati uchun yangi bozorlar ochiq bo’ladi. Investitsiyaning barqarorligi ta’minlanadi, ya’ni a’zo davlat bozori xalqaro talablarga javob beradigan bo’lgach, investitsiya oqimi ham ko’payadi. Har qanday davlat JST rahbar organining qarori o’z manfaatiga mos kelmaydigan bo’lsa, uni inkor qilishi mumkin.
Tashkilot tarixida bunday holatlar kuzatilgan. Shuningdek, tashkilotda kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish mexanizmi sifatida taraqqiyot dasturi mavjud bo’lib, mazkur yo’nalishdagi choralardan ko’zlangan maqsad barcha a’zo mamlakatlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan. Xalqaro mehnat tashkiloti. Tashkilot 1919-yilda Versal Tinchlik Shartnomasi imzolanishi doirasida tuzilgan tashkilotning faoliyati asosan dunyo aholisining doimiy bandligini ta’minlash, ishchi guruh qatlami manfaatlarini himoya qilish va dunyoda ijtimoiy tenglikni barqaror joriy etish orqali tinchlikni saqlashga hissa qo’shishga qaratilgan. Bosh qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan tashkilotga a’zo davlatlar soni hozirgi kunda 187 taga etgan.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ijtimoiy adolat, xalqaro miqyosda qabul qilingan inson huquqlari, mehnat huquqlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifasi jamiyatning yuksalishi uchun eng muhim omillardan bo’lmish mehnat va bandlik sohasidagi tinchlikka erishish, uni saqlab turishdan iboratdir. Bugungi kunda XMT barcha insonlar uchun munosib mehnat sharoitlarining ta’minlanishi, ishchi va tadbirkorlar faoliyatining unumdorligini oshirish yo’lida sa’y-harakat qilib, butun jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Insonlarning ish joyidagi huquqlarini himoyalash, munosib ish topish, bandlik bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va mehnat masalalari borasidagi muloqotni yanada jadallashtirish tashkilotning asosiy maqsadlaridir.


Yüklə 42,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə