16-mavzu. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (8 soat) Reja: Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi



Yüklə 42,72 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,72 Kb.
#150997
1   2   3   4   5
16-mavzu

16.3-ma’ruza.(2 soat)
3. OPEK tashkiloti, Amerika davlatlari tashkiloti
OPEK. Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi - OPEK (inglizcha OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) - neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bog’liq bo’lgan davlatlar aʻzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi - dunyodagi neft narhlari ustidan nazorat olib borish. OPEK - neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksportda siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkilotdir. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bag’dod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela) da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik ko’pgina o’zgartirishlar kiritilgan. Boshida OPEC bosh ofisi Jeneva (Shveysariya)da joylashgan edi, keyinchalik 1965-yilda 1-sentabrda Vena (Avstriya) ga ko’chib o’tdi. OPEC ga aʻzo davlatlar 2/3 yaqin dunyo neft zahiralari ustidan nazorat olib borishadi.
Ular ulushiga dunyo daromadlaring 40% yoki dunyo nefti eksportining yarmi to’g’ri keladi. Boshida tashkilot tarkibiga Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela kirishgan. Ushbu tashkilotga asos solgan besh davlat tarkibiga keyinchalik yana besh davlat kelib qo’shildi. bular : Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), Birlashgan Arab Amirligi (1967), Jazoir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973- 1992, 2007), Gabon (1975-1994), Angola (2007). 20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining o’sishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi.
Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi - yiliga 2 marta chaqiriladigan konferensiya bo’lib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan. Amerika Davlatlari Tashkiloti. Tashkilot (ADT) 1948-yilda Bogota shahrida (Kolumbiya) o’tkazilgan Amerika davlatlarining 9-xalqaro Anjumanida tashkil etilgan bo’lib, o’z tarkibiga 35 ta davlatni birlashtirgan. Shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. Tashkilotning faoliyati nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy xarakterga ham ega. 60- yillarda “Sovuq urush” davri siyosatidan so’ng iqtisodiy masalalar bu tashkilotning asosiy faoliyati bo’lib qoldi. ADTning oliy bosh organi Bosh Assambleya hisoblanadi. Uning bir yilda bir marta chaqiriladigan sessiyalarida jiddiy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilinadi.
Doimiy Kengash tashkilotning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi. Shuningdek, doimiy kengash doimiy qo’mitalar va ishchi guruhlarga tayangan holda Bosh Assambleyaning sessiyalarini tayyorlaydi. A’zo mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan Amerikaning davlatlararo iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 1994-yilda Amerika qit’asidagi 34 ta mamlakat (Kubadan tashqari) davlat va hukumat rahbarlarini uchrashuvda “taraqqiyot va rivojlanish maqsadida hamkorlik tamoyillari: demokratiya, erkin savdo va Amerikada barqaror rivojlanish to’g’risida deklaratsiya” qabul qilindi. Ushbu anjuman qatnashchilari kelajakda – 2005-yildan so’ng Panamerika erkin savdo hududini tashkil etishga qaror qilishdi. Afrika Birdamlik Tashkiloti (ABT) 1963-yilda Addis-Abeba shahrida (Efiopiya) o’tkazilgan Afrika davlatlari rahbarlarining anjumanida tashkil topdi.
Afrikaning 53 ta a’zo–mamlakatini birlashtirgan bu tashkilotning shtab-kvartirasi ham shu shaharda joylashgan bo’lib, unga Afrikaning deyarli barcha davlatlari a’zo (Marokkodan tashqarii). ABT faoliyati ADTdagi kabi kompleks harakatiga ega, iqtisodiy masalalar hamisha boshqaruv tuzilmalarning diqqat markazida turadi. ABTning oliy organi davlat va hukumat rahbarlari Assambleyasi hisoblanib, u yilda bir marta sessiya o’tkazib turadi. Tashkilotning boshqa muassasalari ichida Afrika davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ko’maklashuvchi iqtisodiy va ijtimoiy komissiya sezilarli mavqega ega. ABTning hududiy siyosati to’g’risida fikr bildirilganda, albatta 1991-yilda a’zomamlakatlar tomonidan qabul qilingan “Afrika iqtisodiy hamjamiyatini” tashkil etish to’g’risidagi bitimni eslatib o’tish kerak. Ushbu bitim 34 yilga mo’ljallangan bo’lib, u olti bosqichdan iborat.
Xullas, jahon iqtisodiyotidagi ushbu hududiy iqtisodiy tashkilotlar global miqyosdagi tuzilmalar bilan hamkorlikda mamlakatlarga milliy to’siqlarni yengib o’tish, xo’jalik aloqalarini jadallashtirish va XX-XXI asrlar bo’sag’asida insoniyat duch kelayotgan juda ko’p muammolarni hal etish uchun harakatlarni birlashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyotida faoliyat ko’lami va sohasi turli-tuman muassasalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar XIM tizimida yanada ahamiyatliroq bo’lib bormoqda.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ichida BMT tizimiga kiruvchi tuzilmalar (EKOSOS, YUNKTAD, YUNIDO va boshqalar) markaziy o’rinni egallaydi. BMT doirasidan tashqari juda ko’p nufuzli, global va hududiy miqyosdagi tashkilotlar (EI, NAFTA, ADT, ASEAN va boshqalar) ham mavjud bo’lib, ushbu tashkilotlar jahon iqtisodiyotida keng doirada faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Islom Taraqqiyot Banki (ITB). Tashkilot 1975-yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig’ilishining qaroriga ko’ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning hududiy ofislari 1994 -yili Rabot (Marokash) da, shu yili Kuala-Lumpur (Malayziya) da, 1997-yili Olma-Ota (Qozog’iston) da va 2008-yili Dakar (Senegal) da ochildi. Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg’oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O’zbekiston va Yamandir.
ITBning asosiy vazifasi a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning nizom jamg’armasi 6 mlrd.islomiy dinorni, a’zolari soni 22 tani tashkil etgan. Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligi; bir islomiy dinor HVJning bir qarz olish maxsus huquqiga (CDR IMF) teng (HVJ tomonidan chiqariladigan sun’iy zahira va to’lov vositasi). Hozirgi vaqtda ITBga ishtirokchi a’zolar 56 ta davlat hisoblanadi. 2013-yili ITBning e’lon qilingan hissadorlik kapitali – 30 mlrd.islomiy dinorni, shu jumladan, obuna hissadorlik kapitali – 18 mlrd.islomiy dinorni tashkil etdi.
Bankning asosiy hissadorlari Saudiya Arabistoni (23,6% aksiya), Liviya (9,5%), Eron (8,3%), Nigeriya (7,7%), BAA (7,5%), Qatar (7,2%), Misr (7,1%), Turkiya (6,5%) va Quvayt (5,5%) hisoblanadilar. Amerika Davlatlari Taraqqiyot Banki (Inter American Development Bank) – Lotin Amerikasi mamlakatlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalash uchun xizmat qiladigan davlatlararo mintaqaviy bank bo’lib, u Amerika Davlatlari Tashkilotining mintaqaviy muassasasi. 1959-yilda tashkil etilgan bo’lib, uning boshqaruvi Vashingtonda.
Bankning rahbar organi – 5 yilga saylanadigan boshqaruvchilar Kengashidan iborat. Joriy rahbarlikni direktoriat (rahbariat) olib boradi. 44 davlat a’zo (25 tasi Lotin Amerikasi davlatlari, 19 tasi boshqa mintaqalardan, jumladan Yevropadan 14, Osiyodan 2 mamlakat). A’zo davlatlarning badallari miqdori turlicha. Dastlab bankning Ustav kapitali 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilangan, 1972- yilda 10 mlrd.dollarga yetdi. Ovozlarning 34,5% AQShga tegishli. Bank kredit resurslarini asosan xalqaro kapital bozorlaridan safarbar etadi. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi.
Ushbu jamlanma Osiyo qit’asinig janubi-sharqida joylashgan o’n mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol o’ynaydi. Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni o’ntaga etgan va tashkilot ichida endi. Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vetnam mamlakatlari o’z qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda.
Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy o’sishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yo’lidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda.
Janubi-sharqiy Osiyo Mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 km² bu hudud yer shari umumiy maydonining 3% ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va yer aholisining 8,8%iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi ko’rsatkichlarga nisbatan $2,3 trln. AQSh dollariga o’sish qayd etilgan. Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial yuqori tashkilotlardan sanaladi.
1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan so’ng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan. Bu tashkilotga aʻzo bo’lgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan.

Yüklə 42,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə