16-mavzu. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (8 soat) Reja: Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi



Yüklə 42,72 Kb.
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,72 Kb.
#150997
1   2   3   4   5
16-mavzu

16.4-ma’ruza.(2 soat)


4. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi

O’zbekiston Respublikasining Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar jahon iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi). Shuningdek, bunday tashkilotlarning mavjudligi mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda va savdo aloqalarini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning afzalligi ularning o’zaro bog’liqligidadir. Ayrim hollarda bunday tashkilotga a’zo mamlakatlardan birida inqiroz ya’ni, iqtisodiy tushkunlik holatlari kuzatilsa, bu holat tashkilotning boshqa a’zolariga ham o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Shu sababdan iqtisodiy salohiyati jihatidan bir-biriga yaqin bo’lgan mamlakatlar o’rtasida xalqaro tashkilotlarni tuzish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, bundan 25-30 yil oldin mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalar tugul, tashqi aloqalarning o’zi yo’q edi. Umuman, sobiq mustabid tuzum davrida u nihoyatda og’ir ahvolga tushib qolgan, biryoqlama rivojlangan, paxta monopoliyasi avj olgan, asosan, xom-ashyo yetkazib berishga moslashgan zaif va nochor iqtisodiyotga ega yarim mustamlaka darajasidagi respublika bo’lgan.
Mamlakatimizda xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar o’rta asrlardan boshlangan va u bugungi integratsiyalashuv jarayonida ham o’z o’rniga ega bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng xalqaro savdoni erkinlashtirishning asosiy omillaridan biri xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lish va ana shu tashkilotlar doirasida faoliyat ko’rsatish jarayonlarini faollashtirishi zarur edi.
O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik va Xavfsizlik Tashkiloti (SHHXT), Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti (MOHT), Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT), Jahon Savdo Tashkilotining kuzatuvchisi (JST), Jahon Banki (JB), Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, YUNESKO va shu kabi o’nlab nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lishga erishdi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan hamkorligi alohida o’rin tutadi. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat har jihatdan dunyoda o’z mavqeiga ega va xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishda ham o’rnak bo’la oladi. Bir so’z bilan aytganda mamlakat iqtisodiyoti uchun eksportning ahamiyati YaIMning oshishiga yordamlashadi va korxona hamda tashkilotlarning yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatini va mamlakatga chet el valyutasi oqimining oshishiga yordam beradi. Shu sababdan ham mamlakatlar eksport va importning balansini saqlashga harakat qiladilar. 2017- yil yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlash hamda ilg’or demokratik davlatlar qatorida munosib o’rin egallashiga zamin yaratadi. O’zbekiston Respublikasining suveren davlat sifatida ochiq bozor iqtisodiyotini shakllantirish borasidagi faol ishlari esa mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuviga asos bo’lib xizmat qiladi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan xalqaro tashkilotlar doirasi shunchalik kengki, u BMT va uning tarkibidagi barcha tashkilot va muassasalarni hamda MDH, Markaziy Osiyo Hamkorlik tashkiloti, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, “Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati” va boshqa ko’plab mintaqaviy tuzilmalarni qamrab olgan.


Nazorat savollari.

  1. Qanaqa Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz?

  2. Xalqaro valyuta fondi haqida gapirib bering?

  3. Jahon Banki tuzilmasi tushuntirib bering?

  4. Jahon savdo tashkilotiga O’zbekiston a’zomi?

  5. OPEK tashkiloti qanday tashkilot?

  6. Amerika davlatlari tashkiloti faoliyatini tushuntiring?

  7. O’zbekiston qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo?


Yüklə 42,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə