16-mavzu. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (8 soat) Reja: Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi



Yüklə 42,72 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,72 Kb.
#150997
1   2   3   4   5
16-mavzu

16.2-ma’ruza.(2 soat)
2. Xalqaro valyuta fondi, Jahon Banki, Jahon savdo tashkiloti
Xalqaro valyuta fondi (XVF) a’zo davlatlar o’rtasida valyutakredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to’lov balansi taqchilligi bilan bog’liq sarmoyaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va o’rta muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatishga mo’ljallangan hukumatlararo tashkilotdir. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi sanaladi. Zero, BMTning 1944-yil 22-iyulda valyuta-moliya masalalariga bag’ishlab BrettonVuds (AQSH) Shahrida o’tkazilgan konferensiyasida Xalqaro valyuta fondi xartiyasining asosi ishlab chiqilgan.
XVF konsepsiyasini yaratishga Britaniya va AQSH vakillari katta hissa qo’shishgan. 1945-yil 27-dekabrda Xalqaro valyuta fondi xartiyasining maqbul varianti 29 ta davlat tomonidan imzolandi. Shu bois bu sana Xalqaro valyuta fondi rasman tashkil topgan kun sifatida tarix sahifalariga muhrlandi. Fond o’z faoliyatini 1947-yil 1-martda boshladi va Bretton-Vuds tizimidan birinchi bo’lib Fransiya kredit oldi. O’z tarkibiga 186 ta davlatni birlashtirgan XVFning nizom jamg’armasi hozir 217 milliard SDR (xalqaro qarz olish huquqlari – xalqaro zaxira va to’lov vositasi)ni tashkil etadi.
XVFning asosiy maqsadlari quyidagilardan – valyuta-moliya sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga yordamlashish, a’zo davlatlarda real daromadlar va bandlikning yuqori darajasiga erishish, ishlab chiqarish resurslarini rivojlantirish niyatida xalqaro savdoning o’sishiga ko’maklashish, valyuta barqarorligini ta’minlash uchun a’zo davlatlarga vaqtinchalik to’lov balansidagi muvozanatni ta’minlash imkonini beruvchi xorijiy valyutada pul mablag’lari ajratishdan iboratdir. XVF tarkibiga kiruvchi davlatlardan sanoati rivojlangan 24 tasi 59,6 foiz ovozga ega. Fondning 86 foizini tashkil etuvchi boshqa mamlakatlar hissasiga esa faqatgina 40,4 foiz ovoz to’g’ri keladi.
AQSH G’arbning yetakchi mamlakatlari bilan birgalikda amaliy jihatdan XVFda qarorlar qabul qilinishi jarayoni ustidan nazorat olib borish imkoniyatiga ega, ayni chog’da, o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, uning faoliyatini yo’naltirishi ham mumkin.

Yüklə 42,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə