17- ma’ruza: C++ tilining leksik asoslari Reja: C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. C++tili alfaviti va leksemalar


C++ tili alfaviti va leksemalar: C



Yüklə 15,67 Kb.
səhifə2/2
tarix03.07.2022
ölçüsü15,67 Kb.
#90307
1   2
17-ma\'ruza

C++ tili alfaviti va leksemalar: C ++ tili alfaviti va leksemalariga quyidagilar kiradi:
- katta va kichik lotin alfaviti harflari;
- raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
- maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . *
Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
- identifikatorlar;
- kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‘zlar;
- o‘zgarmaslar;
- amallar belgilanishlari;
- ajratuvchilar.
Identifikatorlar va kalit so‘zlar:Programmalash tilining muhim tayanch tushunchalaridan biri identifikator tushunchasidir.
Identifikator- deganda katta va kichik lotin harflari, raqamlar va tag chiziq ('_') belgilaridan tashkil topgan va raqamdan boshlanmaydigan belgilar ketma-ketligi tushu-niladi. Identifikatorlarda harflarning registrlari (katta yoki kichikligi) hisobga olinadi. Masalan, RUN, run, Run - bu har xil identifikatorlardir. Identifikator uzunligiga chegara qo‘yilmagan, lekin ular kompilyator tomonidan faqat boshidagi 32 belgisi bilan farqlanadi.
Identifikatorlar kalit so‘zlar, o‘zgaruvchilar, funksiyalar, nishonlar va boshqa obyektlarni nomlashda ishlatiladi.
C++ tilining kalit so‘zlariga quyidagilar kiradi:
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.
Yuqorida keltirilgan identifikatorlarni boshqa maqsadda ishlatish mumkin emas.
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so‘zlar ishlatiladi:
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BN, _BL, _BX, _EVX, _CL, _CN, _CX, _ESX, _DN, _DL, _DX, _EDX, _CS, _ESR, EBP, _FS, __GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, __BP, SP, DS, _ES, SS, _FLAGS.
Bulardan tashqari «_» (ikkita tag chiziq) belgilaridan boshlangan identifikatorlar kutubxonalar uchun zahiralangan. Shu sababli '_' va «_» belgilarni identifikatorning birinchi belgisi sifatida ishlatmagan maqul. Identifikator belgilar orasida probel ishlatish mumkin emas, zarur bo‘lganda uning o‘rniga '_' ishlatish mumkin: silindr_radiusi, aylana_diametri.
Savol va topshiriqlar
1.Programmaning yagona asosiy funksiyasi.
2.Malumotlarni standart oqimlarini chiqarish va o’qish.
3.Idintifikatorlar.
4.Programmalash tillari va ularning toifalari.
5.Programma bajarilish jarayonida o’zgaruvchi va o’zgarmaslardan foydalanish.
6.C++ tilida izohlar.
7. C++ tilida ma’lumotlarni o’qish.
8. C++ tilida ma’lumotlarni yozish.
9. C++ tili alfaviti.
Yüklə 15,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə