17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari Reja


O`t o`chirgichlar, o`t o`chirish qurilmalari va mashinalari



Yüklə 118,16 Kb.
səhifə6/8
tarix10.04.2023
ölçüsü118,16 Kb.
#104845
1   2   3   4   5   6   7   8
17 ma\'ruza Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

4. O`t o`chirgichlar, o`t o`chirish qurilmalari va mashinalari.


O`t o`chirgichlar yong’inni boshlang’ich fazasida o`chirish uchun ishlatiladi. Ular sig’imi, o`t o`chirish moddasi, o`t o`chiruvchi moddani chiqarish usuli bo`yicha turlicha bo`ladi.
Ximiyaviy ko`pikli o`t o`chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong’inini o`chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o`t o`chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko`pik karraligi 5 ga teng bo`lganda 60 sek ni tashkil etadi. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l, zaryadlari ishqorli va kislotali kismdan iborat. Ishqorli qismi 450…460 gr bikorbanatnatriy va qizilmiya ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasida, kislotali qismi-15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o`t o`chirgichlarning korpusi foydalanilgandan 1 yil o`tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir partiyadagi o`t o`chirgichlarning 25 %). Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan keyin esa 100 % o`t o`chirgichlar sinovdan o`tkaziladi.
Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko`lda olib yuriladigan o`t o`chirgichlari: OVP-100, OVPU-25 markali yuqori karrali statsionar o`t o`chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko`pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
Uglekislotali o`t o`chirgichlar turli xil moddalar materiallar, elektr qurilmalaridagi yong’inni o`chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (SO2) foydalaniladi. Bunday o`t o`chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o`t o`chirgichlar kiradi. Ular tortib ko`rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo`lsa (mos holda, OU-2, OU-5, OU-8 o`t o`chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi.
Uglekislotali - brometilli o`to`chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. Ularning hajmi 3,2 va 7,4 l bo`lib, brometil va kislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi qo`lda olib yuriladigan o`t o`chirgichlarini ta`sir etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir.
Kukunli o`t o`chirgichlar OP-1, ,,Moment", OP-2A, OP-10A, OP-100, OP-250 va SI-120 markali bo`lib, ular uncha katta bo`lmagan yong’inlarni o`chirishda ishlatiladi. OP-1 va ,,Moment" o`t o`chirgichlaridan avtomobillar va kuchlanishi 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
OP-10A o`t o`chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog’och va plastmassalardagi yong’inlarda ishlatiladi.
SI-2 ko`chma o`t o`chirgichi neft’ mahsulotlari, metalloorganik birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o`chirishda, SJB-50 va SJB-150 o`t o`chirgichlari tok ta`siridagi elektr qurilmalar yong’inini o`chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o`t o`chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.




Yüklə 118,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə