17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari Reja



Yüklə 118,16 Kb.
səhifə5/8
tarix10.04.2023
ölçüsü118,16 Kb.
#104845
1   2   3   4   5   6   7   8
17 ma\'ruza Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

Yong’inga qarshi to`siq.
Sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va qayta ta`mirlash jarayonlarida yong’inga qarshi tashkiliy, texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Ushbu yong’inga qarshi ko`rilgan chora-tadbirlar qatoriga, yong’inga qarshi to`siqlarni ko`rsatish va ularni korxonani loyihasini tayyorlashda hamda qurilish jarayonida, qurilish me`yorlariga rioya qilgan holda tatbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yong’inga qarshi to`siqlar tarkibiga, yong’inga qarshi devorlar, bino eshiklari va derazalari, sanoat korxonalariga va bevosita binolariga kiruvchi asosiy hamda yordamchi darvozalar, lyuklar, tambur – shlyuzlar kiradi.
Yong’inlarga qarshi to`siq vositalari, yong’inga qarshi tura oladigan materiallardan tayyorlangan bo`lishi va quyidagi o`tga chidamlilik chegarasi darajasiga ega bo`lishi kerak.
Material va konstruktsiyalarning o`tga chidamlilik darajasi chegarasi tajriba yo`li bilan aniqlanadi.
Sinalayotgan konstruktsiya o`rganilib uni ma`lum vaqtgacha, yong’in vaqtida hosil bo`lishi mumkin bo`lgan haroratda qizdiriladi.
Bunda qurilish konstruktsiyasida ba`zi bir o`zgarishlar ro`y berishi, ya`ni konstruktsiyada yoriqlar hosil bo`lishi mumkin.
Shu vaqtlarning davomiyligiga qarab materiallarining o`tga chidamli-lik darajasi quyida belgilanadi.
Yong’inga qarshi asosiy devorlar-2,5 soat, eshik-deraza va darvozalar-1,2 soat, asosiy bo`lmagan devorlar-0,75 soat, asosiy bo`lgan devordagi eshik, derazalar, shuningdek tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlarga, o`tga chidamlilik chegarasi, yuqoridagi talablar asosida bajariladi.
Evakuatsiya yo`llari.
Har bir korxona uchun mo`ljallangan bino loyihalanayotganda albatta yong’in vaqtida kishilarni u erdan o`z vaqtida talofatsiz chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan yo`llari loyihalanadi.
Evakuatsiya yo`llari har qanday korxona uchun albatta eng kamida ikkita bo`lishi kerak.
YOng’in bo`lgan taqdirda ishchi-xizmatchilar korxona binosidan eng qisqa yo`l orqali belgilangan qisqa vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.
SNiP II-2-80 asosan korxonalardan tashqariga chiqib ketish yo`llari, koridorlari va bino qavatlaridan tushish yo`llari hisoblab chiqiladi.
Evakuatsiya yo`llarining eni 1m dan, eshiklarning eni 0,8 m, bo`yi 2 m dan kam bo`lmasligi lozim.

Individual evakuatsiya yo`llari
Evakuatsiya yo`llari bo`lgan koridorlar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Korxonalarni loyihalashda insonlarni evakuatsiya qilishga mo`ljal-langan zinapoyalarni favqulodda vaziyatlardan saqlanish talablari asosida joylashtirish shart.
Masalan, zinapoya o`rnatilgan bino mintaqalarida tutun to`planmay-digan bo`lishi, ya`ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomini ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta`minlovchi texnik vositalarga ega bo`lishi kerak va zina mintaqalari binodan ajratilgan bo`lib,tashqi tomondan yoritilgan bo`lishi mumkin.
Butunlay xavfsizlik to`siqlari bilan to`silmagan zinapoyalardan ham foydalanish imkoniyati mavjud, bu zinapoyalar tashqi ochiq tomonda bo`lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong’inga qarshi narvonlar o`rnatiladi.
SNiP II-2-80 asosida, binolarning foydalanilishiga va konstruktsiya-larining o`tga chidamliligiga asoslanib, vaqt chegaralari belgilanadi.



Yüklə 118,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə