17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari Reja



Yüklə 118,16 Kb.
səhifə1/8
tarix10.04.2023
ölçüsü118,16 Kb.
#104845
  1   2   3   4   5   6   7   8
17 ma\'ruza Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari


17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari
Reja.
1. Yonish jarayoni va yonish turlari.
2. Yonginga karshi suv ta`minoti
3. Korxonalarning yong’in va portlash xavfi bo`yicha darajalari.
4. O`t o`chirgichlar, o`t o`chirish qurilmalari


Tayanch iboralar
Yong’in, evakuatsiya, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, avariya, gazlar bosimi, tutun, yonish jarayoni, yong’in, portlashlar, jarohatlanishlar, avariyalar, kimyoviy moddalar, harorat.
1. Yonish jarayoni va yonish turlari.
Yong’inlar ishlab chiqarish, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari, qishloq xo`jaligi va turar joylarda yuz berishi mumkin bo`lgan, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashadigan hodisadir.
Yong’inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga, og’ir baxtsiz hodisalar, zaharlanish, kuyish natijasida insonlar hayotini olib ketgan hollar ko`plab uchraydi.
Yong’inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
Yonish jarayoni 2 xil bo’ladi:
1. Diffuziyali yonish.
2. Kinetik yonish.
Diffuziyali yonishga sabab bo’ladigan narsalarga: yog’och, ko’mir, sham
kiradi.
Kinetik yonishga sabab bo’luvchi mahsulotlarga: gaz, neft, spirt kiradi.
A) Yonish jarayoni. Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonishda asosan uch omil muhim rol o`ynaydi, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni.
-Yonuvchi modda – yog’och, qog’oz, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organik moddalar kiradi.
-Yondiruvchi muhit – havo tarkibidagi kislorod hisoblanadi.
-Qizdirish jarayoni – yonish reaktsiyasi boshlangandan keyin qizdirish manbai bo`lsa yonish tezlashadi.
B) Yonish turlari. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
-Chaqnash – yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o`chishi va yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlashning zarurati yo`q;

Yüklə 118,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə