17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari Reja


a) OXP-10 (KKO`-10), o`t o`chirgichi



Yüklə 118,16 Kb.
səhifə7/8
tarix10.04.2023
ölçüsü118,16 Kb.
#104845
1   2   3   4   5   6   7   8
17 ma\'ruza Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

a) OXP-10 (KKO`-10), o`t o`chirgichi:
1-qobiq; 2-dastak; 3-stakan; 4-klapan; 5-stakandan chiqish teshigi; 6-ishga tushirish dastagi; 7-shtok; 8-sachratgich; 9-tiraluvchi (zapornaya) membrana.
b) OXVP-10 (KXKO`-10) o`t o`chirgichi:
1-qobig’; 2-stakan; 3-klapan; 4-chiqish teshigi; 5-ishga tushirish dastasi; 6-to`siq membrana; 7-sachratgich; 8-havoni ejektrlovchi tuynuk; 9-ko`piklatuvchi moslamasini qobig’i; 10-setka (to`r).
v) OU-2 (UO`O`-2) o`t o`chirgichi:
1-ballon; 2-sifonli trubka (quvur) 3-saqlagich membrana; 4-klapan; 5-shtok; 6-ishga tushiruvchi moslama (kulisa); 7-ishga tushirgich dasta (richag); 8-halqali saqlagich, cheka; 9-kengaytirgich quvur (rastrub)


Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o`t o`chirgichlar soni quyidagicha aniqlanadi:
N0=T0 S, (19.8.)


bu erda S-ishlab chiqarish xonasining yuzi, m2; T0-1 m2 maydonga norma bo`yicha belgilangan o`t o`chirgichlar soni.
Bu ko`rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug’- xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash tsexlari, temirchilik tsexlari, labaratoriyalar uchun 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi.
O`t o`chirish qurilmalari yong’inni boshlang’ich fazada to`lik bartaraf etish va yong’in bo`linmalari kelguncha yong’in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar va ko`chma bo`ladi. O`t o`chirgichlarning turi va tarkibiga ko`ra suvli, bo`g’li, gazli (uglekislota), aerozol (galoiduglevodorod), suyuqlikli va ku kun li bo`ladi.
Bundan tashqari o`t o`chirishda ATS-30(66), ATS-40(131 ), ATS-40(130 E) markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan ham keng foydalaniladi.
Yong’inni o`chirishda professional va kungi lli o`t o`chirish jamiyatlari faoliyat ko`rsatadi. Professional yong’in muhofazasi harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan turlarga bo`linadi.
Tashkilotlar, korxonalar va tashkilotlarda yong’in muhofazasini tashkillashtirish va ob`ektlarning yong’inga qarshi holatini taminlash ushbu tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi.Ular har bir ishlab chiqarish bo`limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur.
Korxona va tashkilotlarning ma`muriy-texnik xodimlari o`zlariga tegishli ob`ektlarni kurish va ulardan foydalanish davrida yong’inga qarshi barcha tadbirlarni to`lik amalga oshishini taminlashlari, yuqori yong’in muhofazasi tashkilotlarining ko`rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borishlari, yong’in-korovul muhofazasini, yong’in-texnik komissiyasini va kungilli o`t o`chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
Yong’in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, muhandis-quruvchilar, mehnat muhofazasi bo`yicha muhandis va kungilli o`t o`chirish drujinasining boshlig’i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda yong’in muhofazasi qoidalariga amal qilinishini, yo`l qo`yilayotgan kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong’in muhofaza holatini tekshirib boradi hamda zarur holda tegishli choralar ko`radi.

Yüklə 118,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə