17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari Reja


Yong’inga qarshi oraliqlar



Yüklə 118,16 Kb.
səhifə4/8
tarix10.04.2023
ölçüsü118,16 Kb.
#104845
1   2   3   4   5   6   7   8
17 ma\'ruza Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

Yong’inga qarshi oraliqlar.
Yong’in bo`lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o`tib ketmasligini ta`minlash maqsadida yong’inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi.
Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yon joylashishi mumkin bo`lgan binolarning yong’inga xavfsizlik darajasi, toifasi, konst-ruktsiyalarining o`tga chidamliligi, alangalanish maydoni, yong’inga qarshi to`siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi.
Yong’inga qarshi oraliqlar tashkil qilishda binolarning o`tga chidamlilik darajasi hisobga olish juda muhim o`rin tutadi.
Sanoat korxonalari asosiy binolari, yordamchi xonalari, ombor qurilishlari orasida me`yorlashtirilgan oraliqlarning binolarning o`tga chidamlilik darajasi nisbati jadvalda keltirilgan.



Bir binoning o`tga chidamlilik darajasi

O`tga chidamlilik darajasi asosida binolar o`rtasidagi yong’inga qarshi oraliq, m

I va II

III

IV va V

I va II

9

9

12

III

9

12

15

IV va V

12

15

18

Ba`zi bir yong’in xavfi deyarli bo`lmagan binolar uchun yong’inga qarshi oraliqlar belgilanmaydi.
Masalan, metall buyumlar va metall konstruktsiyalarning omborlari yonma-yon joylashishi mumkin.
Shuningdek G va D darajadagi sanoat korxonalari, ularning o`tga chidamlilik darajasi I va II bo`lsa, shuningdek tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan, hamda tashqi devorlari yong’inga qarshi to`siq sifatida qurilmagan bo`lsa, yong’inga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkinligi tavsiya etiladi.

Yüklə 118,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə