1v 1-savol. Ko‘chirma gapli qurilmalarda



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə2/4
tarix30.01.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#99707
1   2   3   4
1vv

2-savol:Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda galdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap; bogʻlangan qoʻshma gap; ergashgan qoʻshma gap
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g. lar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrin-sada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“ (Oybek).
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) qoʻshma gaplar bogʻlangan qoʻshma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, maz-munan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: „Bahor keldi va gullar ochildi“. „Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).
Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida boʻlib, yaʼni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bogʻlovchilar, bir qancha feʼl shakllari, yuklama va koʻmakchilar, nisbiy soʻzlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap turi erga sh gan qoʻshma gap yoki ergash g a p l i qoʻshma gap deyiladi. Mas: „Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti“ (A.Qahhor) gapida-gi, „bir kuni koʻchada ketayotsam“ qismi ergash gap boʻlib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti) ishharakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni toʻldirmoqda, predikatdagi shaklga koʻra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi hokim kom-ponent, yaʼni ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻladigan gapdir. Mas.: „Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi“ gapi ega ergash gapli qoʻshma gap boʻlib, undagi „udardga chalinmaydi“ qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki „Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq“ gapida esa „Shoshish kerak emas“ bosh gap boʻlib, ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakatning sababini koʻrsatmoqda. Ergash gapli qoʻshma gap tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga er-gashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror boʻlagini qandaydir (payt, oʻrin, sabab, natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi. Oʻzbek tiliga doir mavjud darslik va qoʻllanmalarda ergash gaplar (ergash gapli qoʻshma gaplar) mazmun va vazifalariga koʻra 14 turga ajratiladi.
3savol:Ega ergash gap deb, bosh gap tarkibidagi ega vazifasida bo`lgan olmoshning ma’nosini aniqlab keluvchi yoki bosh gapga nisbatan ega vazifasida bo`lgan ergash gapga aytiladi.

Ega ergash gaplar bosh gapning tarkibidagi olmosh orqali ifodalangan egani izoxlaydi, uning ma’nosini aniqlashtiradi. Bu xil ergash gapli qo`shma gaplarning mazmuni aniq harakat-holat xususiyatlarga oid bo`ladi.

Ega ergash gap bosh gapdan so`ng keladi. Bu xil gap qurilmalarda asosiy mazmun ergash gapda ifodalanadi, bosh gap esa asosiy fikrni anglashga xozirlaydi, unga diqqatni jalb etadi.

Ergash gap bosh gapdan so`ng kelib, bosh gapning ot yoki fe’l kesimiga qo`shilib kelgan–ki bog`lovchisi orqali bosh gapga bog`lanadi. Bunda ergash gap bosh gapga uning tarkibidagi ega vazifasida bo`lgan shunisi, shu, shu narsa kabi olmosh yoki olmosh va ot birikmasining mazmunini izohlaydi: Yo`lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda qay tomondan qaramang, hamma daraxtlar bir chiziqustida saf turadi.

Ko`pincha, bosh gap tarkibidagi ma’nosi izohlanayotgan olmosh yashirinadi. Bu xol asosiy diqqat egaga emas, uning kesimiga qaratilganda ro`y beradi: O`rtog`im o`lgandan keyin, ma’lum bo`ldiki, qiz uni yaxshi ko`rar ekan va o`shanga tegaman deb niyat qilib yurar ekan.

Ega ergash gapli qo`shma gapning kesimi, ko`pincha, ot kesim shaklida bo`ladi, bosh gap kesimi shaklida kam qo`llaniladi, qo`llangan holda ham holat bildiruvchi fe’llar bilan ifodalanadi. Umuman, bosh gapning o`zi va uning kesimi frazeologik birlikka yaqinlashgan gap qurilmasi bo`ladi. Bosh gap vazifasida bundan chiqdiki, ko`rinib turibdiki, (sizga) o`z-o`zidan ma’lumki, shunisi borki, (shu narsa) shubxasiz va boshqa gaplar qo`llanadi. Bu xil gaplarning kesimlari har vaqt sifat yoki bor so`zi orqali va ba’zi yordamchi fe’llar orqali ifodalanadi: Bundan (shu) chiqdiki, yolg`on gaplarni yozgan ekansan-da.

Ega ergash gapning ot kesimi hozirgi zamonni ifodalaydi, o`tgan yoki kelasi zamonni ifodalash uchun bo`lmoq bog`lamasidan foydalanadi (bo`ldi, bo`ladi).


Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə