2-amaliy ishi Yuk stansiyalarni kodlash tizimini tadqiq qilish Amaliy ishini bajarishdan maqsad



Yüklə 28,99 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü28,99 Kb.
#129531
  1   2   3   4
amaliy ish 2 mashal aka


2-amaliy ishi


Yuk stansiyalarni kodlash tizimini tadqiq qilish


Amaliy ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga temir yo‘l stansiyalarni kodlash tizimini aniqlashni o‘rgatish, tahlil qilish hamda bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limining “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] da har bir ajratish punktlariga (stansiyalarga, razyezdlarga, postlarga, blokpostlarga, quvib o‘tish punktlariga) beshta raqamli (01000 dan toki 99999 gacha) kod va qo‘shimcha oltinchi raqam himoya (nazorat) kodi berilgan. Temir yo‘l ajratish punktlarini kodlash uchun MDH davlatlari va Boltiqbo‘yi Respublikalari temir yo‘llari 99 ta tarmoq rayonlariga ajratilgan va ularning har biriga ikki raqamli nomer berilgan. Nomerlash g‘arbdan sharqqa tomon o‘sib boradi. Birinchi rayon Kola yarim oroli va Kareliya stansiyalarini, 99-rayon esa Saxalin oroli stansiyalarini o‘z ichiga oladi. Har bir tarmoq rayoniga bitta tayanch stansiyasi (odatda yirik saralash yoki uchastka stansiyasi) va 99 tagacha yuk va tijorat operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar kiritilgan bo‘lishi mumkin. “O‘TY” AJ da Чукурсай – 720000; Бухара I – 730002 va Коканд I – 740004 tayanch stansiyalari hisoblanadi.
Tarmoq rayoniga kiruvchi barcha stansiyalarga beshta raqamli kod berilgan bo‘lib, ular quyidagicha tuzilgan:
- birinchi ikkita raqamli son mazkur stansiya kirgan tarmoq rayoni nomerini bildiradi;
- ikkinchi ikkita raqamli son esa tayanch stansiyasidan boshlab mazkur stansiyani ushbu tarmoq rayondagi tartib nomerini bildiradi. Tayanch stansiyasi uchun bu nomer (ikkinchi ikkita raqamli son) har doim “00” bo‘ladi;
- tarmoq rayoni ichidagi yuk va tijorat operatsiyalarini bajaruvchi ikkita yaqin stansiyalar, ularni o‘rtasidagi yo‘lovchi stansiyalarini, razyezd, blokpost, yo‘l posti, to‘xtash va quvib o‘tish punktlarini nomerlash uchun baza hisoblanadi;
- beshinchi raqam barcha yuk va tijorat operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalarga, tayanch stansiyalariga, poezdlarni tarqatuvchi va shakllovchi stansiyalarga, shuningdek temir yo‘lidan suv transportlariga (va aksincha) qayta yuklovchi va chegara stansiyalariga “0” soni qilib belgilangan. Yo‘lovchi stansiyalariga, razyezdlarga, blokpost, yo‘l posti, to‘xtash va quvib o‘tish punklariga yuk va tijorat operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalardan boshlab kodlarni o‘sib borishi tartibida 1 dan 8 gacha son berilgan.
Temir yo‘lining operativ ishlarida (masalan, aslicha varoqni to‘ldirishda), stansiya kodlarini faqatgina birinchi to‘rtta sonidan foydalaniladi, qaysiki bu kod yagona tarmoq belgisi hisoblanadi (yedinaya setevaya razmetka, quyida YeSR deb yuritiladi). YeSR ni va stansiya kodini himoya qilish uchun oltinchi nazorat sonidan foydalaniladi.
Kodni himoyalovchi nazorat soni kompyuterda (yoki dastagi) hisoblanadi va tekshiriladi. Buning uchun 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1 2 3 .... vazn qatoridan (vesovoy ryad) va moduli 11 bo‘lgan nazorat metodidan foydalaniladi. Stansiya kodining birinchi to‘rtta raqamlarini, 1 2 3 4 vazn qatoriga razryadlar bo‘yicha ko‘paytmasi summasini 11 moduliga bo‘lish natijasidagi qoldiq, kodni himoyalovchi nazorat soni hisoblanadi. Qoldiq (nazorat soni) ikki raqamli (10) son chiqqan hollarda, vazn qatori ikki pozitsiyaga suriladi, ya’ni stansiya kodi raqamlari razryadlar bo‘yicha, 3 4 5 6 vazn qatoriga ko‘paytiriladi. Agar shunda ham qoldiq (nazorat soni) 10 ga teng bo‘lsa, stansiya kodining himoyalovchi nazorat soni qiymati 0 ga teng deb qabul qilinadi. Bu metod yordamida axborot vositalariga kiritilgan barcha noto‘g‘ri kod sonlarni va boshqa xatolar aniqlanadi.



Yüklə 28,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə