2-amaliy mashg‘ulot O‘zbek adabiy tili me’yorlari



Yüklə 36,91 Kb.
səhifə3/7
tarix23.05.2023
ölçüsü36,91 Kb.
#112335
1   2   3   4   5   6   7
2-amaliy mashg\'ulot

Yozuv (grafik) me’yori. Adabiy tilning grafik me’yori ayni til uchun tanlangan yozuv shakli bilan ish ko‘radi, shu til uchun muayyan yozuv turini belgilab beradi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida turli yozuv shakllaridan foydalanib kelgan. Bular: arabcha-o‘zbekcha, lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha yozuvlardir. Adabiy tilning grafik me’yorida o‘zbek tilida mana shu yozuv turlaridan qaysi birini qo‘llash, yozuvda qanday qoidalarga rioya qilish masalasiga aniqlik kiritiladi.
Fonetik me’yor. Fonetik me’yor deganda nutq tovushlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar majmui tushuniladi. Ma’lumki, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, 25 ta undosh tovushning qo‘llanishi me’yor hisoblanadi. Ammo yangi va amaldagi alifbodagi ayrim tovushlarning aks etishi bilan bog‘liq nomuvofiqliklar fonetik me’yorning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan: qorishiq va sirg‘aluvchi j uchun bir harfning berilishi, ng tovushi uchun kirillcha alifboda harfning yo‘qligi nutq madaniyatiga salbiy ko‘rsatishi tayin.
Aksentologik me’yor. Aksentologik me’yor urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq me’yordir. Adabiy tilning aksentologik me’yorida har bir so‘zda urg‘uning qo‘llanish o‘rni qat’iy tarzda belgilab beriladi.
Ma’lumki, so‘zdagi urg‘u ma’no farqlash xususiyatiga ega. Urg‘u yordamida yozuvda farqlanmaydigan so‘zlar o‘zaro farqlanadi. Buni quyidagi so‘zlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.
Anglashiladiki, urg‘uning o‘zgarishi so‘z ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli har bir so‘zdagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Grammatik me’yor (morfologik va sintaktik me’yor). Grammatik me’yor morfologik va sintaktik me’yorlarni qamrab oladi. Adabiy tilning bu me’yori so‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalari va gapning qurilish me’yori bilan ish ko‘radi.
O‘zbek tilida morfologik me’yor asosida qo‘shimchalarning turlovchi, tuslovchi va so‘z yasovchi turlari qabul qilingan. Biroq nutqda qo‘shimchalar bilan bog‘liq me’yorga har doim ham amal qilinavermaydi. Ko‘p hollarda -ning va –ni, -ga va –da kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda yoki –li va –lik qo‘shimchalarini farqlashda, -kaz va -qaz qo‘shimchalarining qo‘llanishida xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Bunday holat ba’zan sintaktik sath birliklarining qo‘llanishida ham kuzatiladi. Masalan: Otadek farzandiga kim kuyar axir, O naqadar og‘ir farzandning dog‘i. (Shukrullo.)
Berilgan gapda so‘zlar tartibiga rioya qilinmaganligi, ya’ni otadek va farzandiga so‘zlarining noto‘g‘ri o‘rinlashuvi sintaktik me’yorning buzilishiga olib kelgan.3

Yüklə 36,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə