2-ma’ruza. Mavzu: Tenglamalar tasnifi teng kuchli tenglamalar. Yuqori darajali tenglamalar. Kasr-ratsional tenglamalar. Reja



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#158218
1   2   3
2-ma\'ruza..

Irratsional tenglamalar

Irratsional tenglama deb tarkibida ildiz belgisi ostida oʻzgaruvchi boʻlgan tenglamaga aytiladi. Irratsional tenglamalarni yechishning ikkita usuli keng tarqalgan. Bular tenglamaning ikkala tomonini bir xil darajaga koʻtarish va yangi oʻzgaruvchilar kiritish usullaridir.

Parametrli tenglamalar:

Parametrli tenglama deb biron-bir bogʻlanishni parametrlar yordamida ifodalagan tenglamaga aytiladi. Parametrli tenglamaga sodda misol sifatida kinematikadan vaqt parametri bilan harakatdagi jismning joyini, tezlanishini va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi tenglamani keltirish mumkin. Abstrakt maʼnoda parametrli tenglama deb tenglamalar toʻplamini aytish mumkin.

Differensial tenglamalar:

Differensial tenglama nomaʼlum funksiyalar, ularning turli tartibli hosilalari va erkli oʻzgaruvchilar ishtirok etgan tenglamalardir. Bu tenglamalarda nomaʼlum funksiya i orqali belgilangan boʻlib, birinchi ikkitasida i bitta erkli oʻzgaruvchi t ga, keyingilarida esa mos ravishda xt va xyz erkli oʻzgaruvchilarga bogʻliqdir.

Integral tenglamalar:


Integral tenglama nomaʼlum funksiya integral belgisi ostida boʻlgan tenglamadir. Integral tenglamalar bilan differensial tenglamalar chambarchas bogʻlangan boʻlib, koʻp hollarda ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.T.R.To’laganov. “Elementar matematika”. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o’quv qo’llanma.-Toshkent, O’qituvchi, 2017.272- b.;
2. Q. Jumaniyozov, G. Muhammedova. “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi”. O‘quv qo‘llanma Toshkent. “Brok class servis” nashriyoti. 2014 yil. 255 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar
3. A. Normatov, A. Musurmonov “Trigonometriya”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “O‘qituvchi” nashriyoti. 2004 yil. 125 bet.
4. Saparboyev J., Davletov D.E., Toxirova M. “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasidan masalalar to’plami”.” Metodik qo’llanma. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedgogika Universiteti” 2018 yil. 88 bet.
Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə