2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi


a) YAkkalik, xususiylik va umumiylik



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə5/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#167156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish fa

a) YAkkalik, xususiylik va umumiylik.
YAkkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’­lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘anish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. YAkkalik alohida narsa va hodisalarni ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.
Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘lgan o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarni ham ifodalaydi. CHunki borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xusu­siyatlar birligi xususiylik kategoriyasida ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Ahmad  odam  tirik mavjudot, nihoyat  materiya  borliq. «Borliq» tushunchasi bu erda eng umumiylikdir.
YAkkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bi­lan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi. Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan bo‘lib, ular o‘zaro aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohida­lik bilan bog‘laydi. Umumiylik esa yakkaliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi, balki yakkaliklarning umu­miy xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikning o‘zida mavjud bo‘ladi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan iboratdir.
YAkkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, ma’lum sharoitda yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o‘tishi mumkin. Ob’ektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra u o‘sib, rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.
Lekin bundan har qanday yakkalik xususiylikka, xususiylik esa umumiylikka o‘taverar ekan, degan fikr yuritmaslik kerak. Bunday bo‘lishi uchun ular taraqqiyotning asosiy tendensiyasiga mos kelishi shart. YAkkalik, xususiylik va umumiyliklarning o‘zaro bog‘lanishlarini dialektik nuqtai nazardan tushunish ob’ektiv voqelikni to‘g‘ri bilish uchun juda muhimdir. CHunki, insonning borliqni bilishi ham yakkalikdan xususiylikka va undan umumiylikka borishdan ibo­ratdir. Bu umumiylikni biz narsa va hodisalarni va ularda ifodalanuvchi yakkaliklar va xususiyliklarni bilish orqali anglab etamiz. Biz, dastavval, sezgi a’zolarimiz yordamida yakkalikni, yakka narsa va hodi­salarni idrok qilamiz. So‘ngra tafakkurimizda shu hissiy idrokimizda vujudga kelgan mavjud faktlarni analiz va sintez qilib, ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonlaridan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan ajratamiz, ularni o‘zaro bir-biri bi­lan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz, shular asosida fikrimizda ularni ifodalovchi tushunchalarni hosil qilamiz. Bu hosil qilgan tushunchalarda nar­sa va hodisalarning ham yakka tomonlari, ham ular­ning muayyan turkumiga xos bo‘lgan xususiy tomonlari, hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfiga oid bo‘lgan umumiy tomonlari ifodalanadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə