2-Mavzu: Kondensatorlar haqida umumiy ma’lumotlar


Kondensatorni multi-tester o‘lchov asbobi bilan tekshirish usullari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə3/4
tarix10.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#89252
1   2   3   4
2-dars-Конденсаторлар

2.5. Kondensatorni multi-tester o‘lchov asbobi bilan tekshirish usullari



1-harakat 2-harakat

- + - +
Kondensatorlarni multi-tester o‘lchov asbobida tekshirish uchun tester shchuplarini kondensator oyoqchalariga tegizamiz. Multi-testerning shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib, 100 E ga borib yana 0 gacha qaytadi, shchuplarning o‘rnini o‘zgartirib kondensator oyoqchalariga tegizamiz, multi-tester shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib boradi va 0 gacha qaytadi, bu kondensator ishlayotgan bo‘ladi. Kondensator sig‘imiga qarab multi-testerdagi vaziyatlar kaliti o‘zgartiriladi. X1, X10, X1K, X10K. Kondensator sig‘imi qancha katta bo‘lsa, vaziyatlar kaliti kamaytirib boriladi
(kondensator oyoqchalariga shchupni tegizganda qo‘zg‘almasa, u kondensator uzilgan, shkala ko‘rsatkichi borib-qaytmasa yoki 0 gacha qaytmasa, u kondensator ishdan chiqqan bo‘ladi).
Kondensatorning aniq sig‘imini tekshirish uchun multi-tester kifoya qilmaydi.
Kondensator sig‘imi RCL raqamli o‘lchov asbobi bilan tekshiriladi. Kondensatorlarni montajga tayyorlash tartibi

Kondensatorning tanasidagi belgilari
2200 mF --------------------------- 2200 mikrofarad
63V----kondensator dielektrigining chidamliligi 63voltgacha
– 40°C +105°C ----------- chidamliligi
1-sxema.
1-sxema sharhi. Elektr zanjirlarda yuqori yoki past chastotali signallarni ajratib olish va qaytadan tranzistor yoki mikrosxema yordamida kuchaytirish maqsadida RCL zanjirlaridan foydalaniladi. Rezistorlar, drossellar o‘zlaridan past chastotali signallarni yaxshi o‘tkazib, yuqori chastotali signallarni o‘tkazmaydi. Kondensatorlar esa o‘zidan yuqori chastotali signallarni yaxshi o‘tkazib, past chastotali signallarni o‘tkazmaydi (to‘sqinlik qiladi).
Sxemadagi zanjir kirishiga signal uzatilsa rezistor o‘zidan past chastotali signalni yaxshi o‘tkazib, yuqori chastotali signalga to‘sqinlik qiladi. Kondensatorda esa buning aksi bo‘ladi. Yuqori chastotali signalni o‘zidan yaxshi o‘tkazib past chastotali signalga to‘sqinlik qiladi. RC-filtr chiqishida past chastotali signalni ajratib oladi, shuning uchun RC-filtr past chastotali filtr deyiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə