2-mavzu: pedagogik ta’limotlar tarixi reja


-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani



Yüklə 86,67 Kb.
səhifə10/18
tarix17.12.2023
ölçüsü86,67 Kb.
#150226
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
2-mavzu pedagogik ta’limotlar tarixi reja

1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. Ma’lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. CHuni ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har hil tarzda ta’sir o’tkazdi, barcha sohadagi o’zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendentsiyalari xamda yo’nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan darajasiga o’tish xaddan tashqari katta qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lib, keskin mafkuraviy kurash bilan birgalikda davom etib bordi. CHunday bo’lsada, madaniyatni yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari avvalo o’zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashida ko’rinadi. Bundan tashqari oktyabr to’ntarishidan avval madaniy ishlar olib borgan jadid deb atalmish ziyolilar xalqqa yordam berish uchun maorif sohasi, maktablarda ishlab, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar. Bu jarayonlar avvalo darslar ona tilida olib boriladigan I (besh yillik ta’lim) va II (to’rt yillik ta’lim) bosqich maktablarni va ularni darsliklar, o’quv qurollari bilan ta’minlash, maorif institutlari, o’qituvchilarni tayyorlash kurslari va boshqalarni tashkil etishdan iborat bo’ldi. 1924-25 o’quv yilida respublika byudjetining 24 foizi xalq maorifi uchun ajratildi. Bu maktab qurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I va II bosqichdagi umumta’lim maktablarining soni 1928-29 o’quv yiliga kelib deyarli 2, 5 mingtaga yetdi.6
SHu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan keng miqyosda kampaniya avj oldirildi. 1921-22 o’quv yilidayoq respublikaning ko’pgina shaharlari va qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko’rsatdi, ularda 50 ming kishi xat-savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash davrining dastlabki yillarida kiyinchiliklarga duch keldi: o’qituvchilar, maktab binolari, asbob-jixozlar, o’quv qo’llanmalari, pul mablag’lari etishmas edi. Biroq bu soha, garchi qiyinchilik bilan bo’lsada, izga tusha boshladi, katta yoshli kishilarni o’qitish shakl va usullari takomillashtirildi, savod maktablari tarmog’i birmuncha kengaytirildi, savodsizlikni tugatuvchi mahalliy o’qituvchilar soni oshdi. Bu dastlabki yutuqlar keyingi yillarda savodxonlikni oshirish yuzasidan avj olgan umumxalq harakatining debochasi bo’ldi.
Hamza Xakimzoda Niyoziy, T. CHermuhamedov, T. N. Qori Niyoziy, Ergash Komilov, Abdulqodir Nabixo’jaev, Rozi Nazarov, Muharrama Qodirova, Zebuniso Polvonova, P. Qayumov, K. Abdurashidov va boshqalar yangi maktab yaratish, uni rivojlantirish uchun faol kurashdilar hamda dastlabki o’qituvchilardan bo’lib qoldilar.
SHu yillarda Markaz siyosiy rahbariyati sovet tuzumiga sodiq bo’lgan pedagog kadrlarni ko’p miqdorda, tezkorlik bilan tayerlab, ular orqali aholini, ayniqsa, yosh avlodni kommunistik g’oyalar asosida tarbiyalash maqsadida qarorlar va rejalar ishlab chiqdi. Ularni og’ishmay amalga oshirish uchun zarur mablag’larni ayamadi, bor ma’rifatchilarni hamda partiya, sovet, jamoat tashkilotlarining kuch-quvvatini safarbar qildi. Maktablarning pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun pedagogika o’quv yurtlarining keng tarmogi yaratildi: texnikumlar, maorif institutlari, o’quv yurtlari ochildi. Ularda jadal sur’atlar bilan ommaviy miqyosda yangi o’qituvchi kadrlar yetishtirib chiqarildi. 20-yillarning oxirlariga kelib ularning soni respublikada deyarli 5, 5 mingtaga etib qoldi. Xalq maorifi rivojlanib bordi.
Xalqning bilimga bo’lgan intilishi kun-sayin kuchayib borishi natijasida umumiy savodxonlik o’sdi, bu narsa millatning ma’naviy imkoniyatlari yuksalishiga, ijodiy faoliyati ortib borishiga yordam berdi.
CHunday bo’lsada, bu jarayonlar partiyaning madaniy sohada zo’rlik ko’rsatishi tufayli mushkulliklarga uchradi. Xalq maorifida bu narsa avvaliga milliy ta’lim shakllari yoyiladigan sohalarni cheklab qo’yish, keyinchalik esa ularni butunlay yo’q qilib yuborishda o’z aksini topdi. CHunonchi, 20-yillarning boshlarida sovet maktablari bilan birgalikda eski usul maktablari, diniy tashkilotlar tomonidan ta’minlab boriladigan vaqf maktablari va madrasalari ham ishlab turar edi. 1925 yilda O’zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1, 5 mingdan ortiq eski maktablar bo’lib, ulardan 250 tasi yashirin holda ish olib borgan. Lekin sovet hokimiyatining insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o’z faoliyatini amalda tugatdilar.
Xalq ma’rifatining yuksalishi yo’lida hamon g’ov bo’lib turgan muammo aholining savodxonligini oshirish bo’lib, savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda ko’plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli bo’ldi. CHuni aytish joizki, 1930 yili umumiy boshlangich ta’limning joriy etilishi savodsizlik ko’lamlarini qisqartirishga yordam berdi. Ajratilgan mablag’lar maktablar maydonini ancha kengaytirishga, ularning moddiy bazasini mustahkamlashga imkon berdi. Umumiy ta’limni amalga oshirish uchun o’qituvchilar, talabalar, ilm-fan xodimlari, yoshlar jamoalarining katta armiyasi safarbar etildi. 30-yillarning oxirlarida umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi.
1940 yili respublikada barcha turdagi 5, 5 mingdan ortiq umumta’lim maktablari ishlab turdi, ularda 1, 3 mln. ga yaqin bolalar o’qidi. Biroq bu davrda maktab yoshidagi hamma bolalarni ham, ayniqsa, qishloq joylarida o’qishga jalb qilishning imkoni bo’lmadi: maktab binolari, uskuna-jihozlar, o’qituvchilar yetishmas edi va hokazo. Maktab ta’limi turli sohadagi bilimlarni egallab olgan, jamoat hayotiga faol qo’shilib keta oladigan, oliy o’quv yurtlari va texnikumlarga kirib o’qiy oladigan savodxon yoshlarni yetishtirib chiqarishni ko’paytirishga imkon bera oladigan jiddiy islohotga muhtoj edi.
Afsuski, xalq ta’limiga buyruqbozlik nuktai nazaridan turib, ekstensiv ravishda yondashish kuchayib bordi. Buning natijasida sifat muammolari chetga surilib, miqdor ko’rsatkichlari birinchi o’ringa o’tdi. Ahvolni xo’jakursinga yaxshilash orqasidan quvish jamiyatning madaniy holatiga yomon ta’sir o’tkazdi hamda oliy va o’rta maktabga sezilarli darajada zarar yetkazdi.
Respublika taraqqiyotining manfaatlari xalq xo’jaligi va madaniyatining turli sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tezlashtirishni talab qilar edi. Tabiiyki, buni markaziy hukumat tushunardi, lekin unga O’zbekistonning xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarida sotsializm, marksizm-leninizm g’oyalari bilan sug’orilgan itoatguy yuqori malakali mutaxassis kadrlar kerak edi, CHuning uchun oliy o’quv yurtlarining ta’lim-tarbiya dasturlari, o’quv rejalari, qo’llanmalari va hokazolari avvalo kommunizm printsiplariga asoslangan bo’lib, mutaxassislarni 4-5 yil muddat davomida partiya, sovet davlatiga sadoqatli bo’lish bilan birga sinfiylik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi.
20-yillarning ikkinchi yarmida o’rta maxsus va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydigan turli o’quv yurtlari ochildi. Davlat sinfiy tamoyilga amal qilib, bu o’quv yurtlariga ishchi va dehqonlarning kirishi uchun sharoitlarni ta’minlab berdi. Boshqa toifadagi odamlar bu o’quv yurtlariga kira olmas edi. Oliy o’quv yutlarida o’qish uchun zarur bo’lgan umumiy ma’lumotni qisqa muddat ichida olish maqsadida ishchi fakultetlari tarmogi yaratildi. CHu tufayli 20-yillarning oxiridayoq respublikadagi oliy o’quv yurtlarida asosan ishchi va dehqonlardan iborat 4 ming nafarga yaqin talabalar o’qir edi.
Mutaxassislar tayyorlashda RSFSR va boshqa respublikalar ham O’zbekistonga yordam berdilar. 1927 yili faqatgina Rossiya Federatsiyasidagi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida O’zbekistondan kelgan 300ga yaqin talabalar ta’lim oldi.
O’rta Osiyodagi birinchi oliy o’quv yurti – 1918 yili ochilgan Turkiston davlat universiteti – bu vaqtga kelib oliy ta’limning eng yirik markaziga aylandi. Universitet mutaxassislar yetishtirib chiqarish sur’atlarini yildan-yilga oshirib bordi: uni bitirib chiqgan kishilar soni 1928 yilga kelib 5 baravar ko’paydi. Ammo ular orasida mahalliy xalq namoyandalari hamon kam sonni tashkil etardi.
20-30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishga katta e’tibor berildi, ayollarning savodsizligini tugatish bo’yicha maxsus kurslar tashkil qilindi. 1926 yilda respublikadagi 82 ta savodsizlikni bitirish maktablarida 2700 xotin-qiz o’qigan bo’lsa, 1936 yilda 186 ming ayol savodini chiqargan.
Kasb-hunar ta’limi tarmoqlariga xotin-qizlar keng jalb qilindi. Dastlab ayollar orasidan savodsizlikni bitirish kurslari o’qituvchilari, bog’cha, yasli tarbiyachilari, maktab o’qituvchilari tayyorlandi. Masalan, 1928 yilda Samarqand pedagogika kursida 73 nafar ayol o’qigan. 1929 yilda o’ndan ortiq xotin-qizlar pedagogika va meditsina texnikumlari mavjud edi. 1932 yilda respublika oliy o’quv yurtlaridagi talabalarning 20 foizini o’zbek xotin-qizlari tashkil qilgan. 30-yillarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida xotin-qizlardan yetishib chiqqan mutaxassislar ishlay boshladi. 7
Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda pedagogik fikrlar mazmuni bilan tanishish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish asosida ularning quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha rivojlanganligiga guvoh bo’lish mumkin:

Yüklə 86,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə