2-mavzu: Shaxsning psixologik apparati va uning bloklari


Psixologik immunitetning tarkibiy qismlari, vazifalari va xususiyatlari



Yüklə 22,66 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü22,66 Kb.
#136098
1   2   3   4
6xK1V4rYjU6goMYfEQvpm2K2UUvLLlvmIitRtceF

Psixologik immunitetning tarkibiy qismlari, vazifalari va xususiyatlari
Psixologik immunitet haqida eshitganmisiz?
Sal gapga arazlaydigan, yig‘laydigan va shu sababli darrov janjallashib ketadigan odamlarning psixologik immuniteti o‘ta past bo‘ladi. Bundaylar darrov nevroz kasalligiga chalinishadi, depressiyaga tushib qolishadi va ulardan psixologik yordamsiz chiqishga ancha qiynalishadi. Psixologik immunitetni qanday qilib oshirish mumkin?
Agar tana immuniteti jismoniy chiniqish orqali kuchaytirilsa, psixologik immunitet ruhiyatni chiniqtirish orqali kuchaytiriladi. Xo‘sh nima qilish kerak?
Psixologik immunitet qanday yo‘llar bilan kuchaytiriladi? Avvalombor inson ilmli bo‘lishi kerak. Ilmli degani – bu oliy ma’lumotli bo‘lish degani emas. Har bir inson, ayniqsa yoshlar tarbiya borasidagi kitoblarni o‘qib, ibrat beruvchi hikoyalarni tinglab, hayot tajribasiga ega bo‘lgan insonlar suhbatini tinglab, kattalar o‘gitiga amal qilib yashasa unda psixologik immunitet shakllanib boradi.
Mahalliy mualliflarning psixologik immunitetning tabiati haqidagi g‘oyalaridan kо’rinib turibdiki, ushbu kontsepsiyaning aniq ta’rifi yo‘q, ammo barcha mualliflar quyidagilarga qо’shiladilar:
1) psixologik immunitet - bu salbiy tashqi yoki ichki ta’sirni muvaffaqiyatli bartaraf etish yoki oldini olishni ta’minlaydigan shaxsiy xususiyat;
2) psixologik immunitet - kognitiv-xulq-atvor kategoriyasi, bu erda axborotni idrok etish, qayta ishlash va uzatish asosiy funksiyadir;
3) psixologik immunitet qandaydir ma’noda anglash, о’z-о’zini tartibga solish, xabardorlik va mazmunlilik bilan о’zaro bog‘liqdir.
Immunitetning barcha turlariga quyidagilar kiradi:

  1. biologik - tanani infeksiyalar va invaziyalardan himoya qilish, о’z hujayralarini о’zgartirish va jismoniy salomatlikni saqlash;

  2. psixologik - shaxs va jamiyatni tashqi va ichki muhitning psixo-travmatik ta’siridan himoya qilish, psixologik salomatlikni saqlash;

  3. ijtimoiy - shaxs va jamiyatni sotsiogen omillarning salbiy ta’siridan himoya qilish va ijtimoiy salomatlikni saqlash;

4) ma’naviy-axloqiy - shaxs va jamiyatni buzg‘unchi ta’sirlardan himoya qilish va ma’naviy-axloqiy salomatlikni saqlash.
Psixologik immunitetni jismoniy immunitetga taqqoslab, uning funksiyalarini ajratib kо’rsatishimiz mumkin:
1. Mavjud vaziyatni uning mumkin bо’lgan xavfini kuzatish (kuzatish).
2. Psixologik xavfsizlik holatini va psixologik farovonlik hissini saqlash.
3. Har qanday qо’zg‘atuvchining ta’sirini ushlab turish va bir xil qо’zg‘atuvchi holatida va intensivlikni oshirmasdan takroriy ta’sir qilishda unga javob intensivligini kamaytirish.
4. Salbiy his-tuyg‘ulardan xalos bо’lish.



Yüklə 22,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə