2-Mavzu: Yangi iqtisodiyotda marketing maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari


Kelajakdagi sotuv hajmini bashorat qilish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə3/4
tarix19.09.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#122632
1   2   3   4
Bozor-konyukturasi.-Talabni-baholash

Kelajakdagi sotuv hajmini bashorat qilish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • Makroiqtisodiy bashorat;
  • Tarmoqning rivojlanish bashorati;
  • Kompaniyaning sotuv hajmi bashorati.
  • Makroiqtisodiy bashoratning vazifasi – inflyatsiya, ishsizlik, foiz stavkasi, iste’molchi xarajatlari, investitsiyalar, davlat xarajatlari sof eksport va import hajmlari dinamikasini baholash. So‘ngra kompaniya o‘zining shaxsiy sotuv hajmining bashoratini ishlab chiqadi.

Bashorat qilish usullari:

  • Xaridorlar xatti-harakatini tadqiqot qilish, ijtimoiy so‘rov o‘tkazish orqali;
  • Savdo agentlarining umumiy fikrlarini, mintaqadagi savdo agentlarining ma’lumotlari asosida;
  • Ekspert baholash: maxsus ixtisoslashgan axborot yig‘ib beruvchilar tomonidan;
  • Oldingi sotuv hajmini tahlil qilish orqali;
  • Bozorni testdan o‘tkazish usuli. Yangi tovarni bozorga kiritishda qo‘llaniladi.

Tez o‘zgarib borayotgan global dunyoda kompaniya olti guruhdan iborat asosiy omillarning monitoringini doimiy amalga oshirish lozim. Ularni alohida qo‘yib chiqish kerak. Biroq ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Ular quyidagilar:

  • Tez o‘zgarib borayotgan global dunyoda kompaniya olti guruhdan iborat asosiy omillarning monitoringini doimiy amalga oshirish lozim. Ularni alohida qo‘yib chiqish kerak. Biroq ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Ular quyidagilar:
  • demografik;
  • iqtisodiy;
  • tabiiy;
  • texnologik;
  • siyosiy (qonuniy) va
  • ijtimoiy (madaniy) omillarga bog‘liq.
  • Masalan: tug‘ulishning keskin ortib ketishi (demografik omil) resurslarning kamayishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga (tabiiy omil) olib keladi. Bu holat jamiyat yangi qonunlar (siyosiy omil) qabul qilinishini talab qiladi. Siyosiy cheklovlarning qo‘yilishi yangi texnologik yechimlarni topishni rag‘batlantiradi. Texnologik omillar ma’lum mablag‘lar (iqtisodiy omil)ni talab etadi va oxir-oqibat insonlarning ma’lu-motlari va xatti-harakatlarini (ijtimoiy ya’ni madaniy omil) o‘zgartirishga ham olib keladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə