20-Mavzu: Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Xalqaro İqtisodiy munosabatlar



Yüklə 23,53 Kb.
səhifə2/5
tarix28.04.2023
ölçüsü23,53 Kb.
#107542
1   2   3   4   5
20-mavzu

Xalqaro İqtisodiy munosabatlar – bu jah’onning turli mamlakatlari wrtasidagi xwjalik aloqalari majmuidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kuyidagi shakllarda namaen buladi.
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
- kapital va chet el investitsiyalarining h’arakati;
- ishchi kuchi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika soh’asidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jih’atlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi h’isoblanadi, u uz ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitida ish bilan taminlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga kuchib utishida topadi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni uz ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya – yani fu’karolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jaraenini h’am uz ichiga oladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xwjaliklarining chambarchas birlashishi jaraenlaridir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning iasosiy shakllari kuyidagilar:
- erkin savdo xududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bwlib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar wrtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi.
- bojxona ittifoqi. Bu integratsiyaning bu shakli erkin savdo xududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari 6rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siesati yuritishni taqoza qiladi.
- twlov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning uzaro erkin almashuvini va h’isob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini taminlaydi.
- umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bwlib, uning qatnashchilariga erkin uzaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin h’arakati h’amda uzaro kelishilgan iqtisodiy siesat taminlanadi.
- İqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli h’isoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siesat utkazish bilan birga uyg’unlashadi.
İqtisodiy integratsiya deb ikki yaki undan kup milliy xwjaliklarning yagona xwjalik mexanizmini yaratish maqsadidagi yaqinlashuvi va uz aro biriguviga aytiladi.
Xalqaro integratsiya uchun uchta shart talab etiladi:
Birinchidan, mashinalashgan ishlab chiqarish chuqur iqtisoslashadi va tashqi aloqalarsiz rivojlana olmay koladi.
İkkinchidan, turli mamlakatlar iqtisodiy darajasida g’oyat katta tafovut bulmaydi, ularning darajasi bir-biriga yaqin turadi.
Uchinchidan, turli mamlakatlar xududiy umumlikka ega bulib, ularning tarixan rivojlangan aloqalari mavjud buladi. Mana shu shartlar G’arbiy Evropada amalda 60-yillarda boshlanib, h’ozir h’am davom etmokda. AQSh, Kanada va Meksika integratsiyasi 90-yillarga tug’ri keladi. Manashu uchta shart bulmasa intekratsiya rivjlanmaydi.
İqtisodiy intekratsiya ishlab chiqarish fan-texnikaning etakchi tarmoqlarida barqaror kooperatsiya aloqalarni shakllantirish, İqtisodiy h’amkorlikning turli shakllarni rivojlantirishni bildiradi. Bu mamlakatlar wrtasida aloqalarni rivojlantiradi va h’amkorlikni yanada kuchaytiradi.
İntekratsiya resurslarning samarali, binobarin texnika jixatidan ilkor tashlab chiqarish soh’alarida tuplanishiga yardam berib bir-birin tuldiradigan milliy xwjaliklarni vjudga keltirib bunda yakona ishlab chiqarish kompleksini shakllantiradi. Natijada Xalqaro infrastrukturasi yuzaga keladi, milliy texnikaviy ishlab chiqarish, savdo, moliya soh’asidagi h’amkorlik muntazam va doimiy tus oladi. Hozirgi davrda rivojlangan Evropa davlatlari umumbozor İqtisodiy intekratsiyasida birlashganlar, yani AQSh, Kanada va Meksika, Shimoliy Amerika iqtisodiy integratsiyasi esa endi shakllanmoqda. Markaziy Osie dalatlari Turkiya, Eron va Pokiston davlatlari bilan integratsiyalashmoqda. Bu davlatlar birgalikda jaxon bozoriga chiqish uchun xar xil magistrallarni qurishmoqda.
Umumiy bozorga birlashgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq buladi. Milliy bozorlar birlashib h’amma uchun yagona bulgan umumiy bozor vujudga keladi. Bu erda ularga iqtisodiy tusiqlar (masalan boj puli, kvota, tovorga kuyilgan talab) minimal darajaga keladi. Evropada İqtisodiy soh’ada birlashgan mamlakatlar 2000 yilga qadar yangi uyushmani tashqil etmoqchi. Bu erda yagona buyudjet, soliq va kredit tizimi urnatiladi. Yagona pul "Evro"degan valyuta mummolaga kiritiladi. Albatta bu iqtisodietning yuksak darajaga kutaradi. Jaxon xwjaligining tashqil topishi va rivojlanishining xal qiluvchi omili xalqaro meh’nat taqsimotidir. Jaxon meh’nat taqsimoti mamlakatlararo moslashuv, iqtisoslashuv mazmunini bildiradi. Buning asosida, albatta jaxon bozori rivoji etadi.
Jaxon meh’nat taqsimoti ikki omilga asoslanishi mumkin. Birinchi omil malum maxsulotlar ishlab chiqarishga shu mamlakatda zarur shart sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligi, shu bilan birga bu imkoniyatlardan tula foydalangan h’olda tarixan shu xil tovorlar ishlab chiqarishning tarakgiy etishidir. İkkinchi omil esa tashqi omil bulib, bu tashqi bozorning rivojlanishini va meh’nat natijasining doimiy istemolchisining mavjudligi bozor tufayli ishonchli xoridorlarning doimiyligini taminlash sharoitidir. Yani jaxon bozori va meh’nat taqsimoti bir-biriga bog’liq, ular bir-birin rivojlantiruvchi iqtisodietdir.

Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə