20-mavzu. O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish. R e j a



Yüklə 195,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.09.2023
ölçüsü195,01 Kb.
#124950
1   2   3   4   5   6   7
20-mavzu. O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish.

 
 
 
 
Furqat.
 
H
ar bir o‘qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-
tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini
mahoratini o‘stirishi kerak. o‘qituvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta 
o‘ylab ularning ko‘ngigi ozor etkazmasdan muomala madaniyatini bilgan holda ish 
olib bormog‘i lozim. Har bir o‘qituvchining dunyoqarashi uning muomalasidan 
namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Xalqimizdan shunday naql bor: 
“Bola shirin so‘zning gadosi”. Bas shunday ekan, tarbiyachi o‘z muomilasida juda 
ehtiyotkor bo‘lishi kerak. A.Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida 
shunday deydi: “SHirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli asaldir”. 
YAna bu haqda Husayin Voiz Koshifiy shunday deydi: “Nasihatli shirin 
so‘z-u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik 
ko‘rgazmayin nasihat korga kelmas”. 
Davlat ta’lim standartlarining muhim darajasi bo‘lgan eksperimental 
tayanch o‘quv rejasi va dasturlar har tomonlama puxta o‘rganilishi zarur. Ushbu 
dastur va rejani yaratishda mamlakatimizdagi fan texnika ijtimoiy iqtisodiy 


sohalardagi rivojlanishlar hisobga olingan. Undan avvalo o‘quvchilarni psixologik 
fiziologik xususiyatlariga muhim o‘rin berilgan. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari umumta’lim maktablari oliy va 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab 
chiqishlari lozim. 
ta’lim-tarbiya shaklari usuli vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda 
rivojlantirish; 
ta’lim madaniy-ma’rifiy muassasalarini yangi texnika va texnologiya asosida 
zamonaviy jihozlash; 
o‘qituvchi murabbiy ijodkorligini ta’minlash kasb mahoratlarini oshirishning 
samarali yo‘llarini topish;
oila, mahalla, maktabda ta’lim-tarbiya mazmunini mukammal ishlab-chiqish 
amaliyotiga keng tadbiq etish.
SHunday qilib o‘qituvchining mehnatini ilmiy tashkil etish, davlatning bu 
haqdagi g‘amxurligi, barkamol avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifasini yorug‘ 
yuz bilan ado etish uchun kuchli turtki bo‘ladi.
Kishikim hayotdan olmasa ta’lim
Unga o‘rgata almas hech bir muallim.

Yüklə 195,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə