2021 Oʻrxun-enasoy obidalarining oʻzbekistonda oʻrganilishi



Yüklə 427,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix31.01.2023
ölçüsü427,25 Kb.
#99850
1   2   3   4   5
o-rxun-enasoy-obidalarining-o-zbekistonda-o-rganilishi

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini oʻrganib, 
ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini 
oʻzbekchaga tabdil qildi. Oʻzbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib, Oʻzbekiston 
koʻhna turkiy run yozuvlarining makoni boʻlgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar 
tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini oʻrgandi. Talabalar uchun 
1
Н.Рахманов. Новые находки Ферганы.-Ош-3000, том 3, Бишкек, 2000-год; 
2
N.Rahmonov, B.Matboboyev. O’zbekistonning ko’hna turkiy-run yozuvlari.-Toshkent, “Fan”, 2006, 45-52 betlar; 
3
G.Soatova “O’zbekistonda Urxun-Enasoy yofgorliklari tadqiqi” O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020-yil, 6-son, 136-
138-betlar; 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
22 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, Oʻzbekistonda yangi 
turkologiyaning 
rivojiga katta hissa qoʻshdi. Olimning Oʻrxun-Enasoy 
yodgorliklarining tadqiqiga bagʻishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga boʻlib 
oʻrgansak, maqsadga muvofiq boʻladi: 
1. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan asarlari: 
“Eski uygʻur yozuvi”, “Qadimgi turkiy yozuvlar” va “Qadimgi turkiy til” fanlaridan 
dars matnlari, “Ilk oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati”, “Turkiy 
yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi”, “Koʻk turk 
bitiklari va ularning tarixiy talqini” nomli kitoblari, “Yozma yodgorliklarda ayrim 
undoshlarning taraqqiyot masalasi”, “Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan oʻrin olgan 
“xoqon” soʻzining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida”, “Kul 
tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili”, “Oʻzbekistonda topilgan 
koʻk turk xarfli matnlar”, “Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma 
manbalar”, “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli maqolalari, Oʻrxun-Enasoy 
yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan. Jumladan, “Turkiy yozma 
yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi” (2006) tadqiqotida eng 
koʻhna hamda oʻrta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida oʻzbek adabiy 
tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning oʻziga xos 
xususiyatlari tahlil etiladi. 
2. Oʻrxun Enasoy yodgorliklarining tarixini oʻrganishga doir asarlari: “Oʻzbek 
adabiy tili tarixidan”, ”Uygʻur yozuvi tarixidan”, “Koʻk turk bitiklari: matn va uning 
tarixiy talqini”, “Yozuv tarixi va kitobat san’ati”, “Oʻzbek tili tarixi”, “Turkiy til 
tarixi”, “Oʻzbek tilining yozma uslublari tarixidan” nomli kitoblari va “Kultigin va 
Bilgaxoqon bitiklari: tarixiy manbaning matn tuzilishi” nomli maqolalari Oʻrxun-
Enasoy yodgorliklarining tarixiy tomonlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Masalan, 
“Koʻkturk bitiklari: matn va uning tarixiy talqini” (2004) kitobida koʻk turk obifalari 
nomi bilan yuritilayotgan bitiklar tarixiy-matniy jihatdan tahlil etiladi. Bitiklar 
asosida koʻk turk davri tarixnavisligining oʻziga xos jihatlari, matn tuzish prinsiplari 
haqida bahs yuritiladi
4

3. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini tadqiqiga bagʻishlangan falsafiy asarlari: 
“Qadimgi turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari”, “Sharq falsafasi” (“Qadimgi 
turkiy xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari”, “Sharq falsafasi” (Qadimgi turkiy 
xalqlarning diniy-falsafiy qarashlari), “Eski turkiy falsafasi” nomli kitoblari va 
“Qadimgi turklarning olam va uning tuzilishi toʻgrisidagi koʻzqarashlari” nomli 
maqolasi yozma yodgorliklarni falsafiy jihatdan oʻrganadi.
4
Sodiqov Q. Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi-Toshkent: Sharqshunoslik 
institute,2006; 



Yüklə 427,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə