2021 Oʻrxun-enasoy obidalarining oʻzbekistonda oʻrganilishi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 427,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix31.01.2023
ölçüsü427,25 Kb.
#99850
1   2   3   4   5
o-rxun-enasoy-obidalarining-o-zbekistonda-o-rganilishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
23 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
N.Rahmonov Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining turkiy eposlardan oʻsib 
chiqqan asar ekanligini aytib, yodgorliklarni oʻrganish asnosida oʻzbek xalqi tarixini 
oʻrganishni uzoq asrlardan boshlash kerakligi ta’kidlaydi. Turk xoqonligi 
madaniyatini oʻrganib, shahzodalar Kultegin, Bilgaxoqon va maslahatchi 
Toʻnyuquqning qahramonliklari, vatanparvarligi, xalq taqdirini oʻzinikidan ustun 
qoʻyish hislatlarini bizga uzoq oʻtmishdan qolgan meros ekanligiga e’tibor qaratadi. 
Turkiy-run yozuvida bitilgan bitiklar Oʻzbekiston hududidan ham anchagina 
topilganini, ularning ma’nolarini asarlarida koʻrsatib berdi. Umuman, olimning 
Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari tadqiqiga bagʻishlab yozilgan asarlarini quyidagicha 
oʻrganish mumkin: Oʻrxun-Enisey yodgorliklarining badiiyati oʻrganishga 
bagʻishlangan asarlar: “Toshga bitilgan kitoblar”, “Inson ruhining sadosi”, “Bitiglar 
olamida”, “Koʻhna bitigtoshlar”, “Oʻzbekistonning koʻhna turkiy-run yozuvlari”, 
“Oʻzbek Mumtoz adabiyotining namunalari”, “Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish 
masalalari” kabi kitoblarida yodgorliklarning ma’nosi, mazmuni, adabiy tomonlari 
oʻrganilgan. Jumladan, Boqijon Toʻxliyev bilan hammualiflikda yozgan 
“Oʻzbekistonning koʻhna turkiy-run yozuvlari” (2006) kitobi Oʻrxun-Enasoy 
yodgorliklarining mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekistondan topilgan turkiy-run 
yozuvidagi topilmalar haqida ma’lumot beradi
5
.
Oʻz navbatida, bu guruhning oʻzi ham ikkiga boʻlinadi: a) Oʻrxun-Enasoy 
yofgorliklarining folkloristikasi: “Turkiy yozma adabiyot va ogʻzaki epik an’analar 
munosabatiga doir” maqolasi, “Oʻrxun-Enasoy yozma yodgorliklari va turkiy eposlar 
munosabati” doktorlik ishi (1991), Turkiy xalqlar sehrli ertaklarida evrilish 
(metamorfoza) va uning mifologik sujetlar bilan munosabati “Oʻzbek 
folklorshunosligining 
dolzarb 
masalalari” 
toʻplamida, 
“Folklorizm 
va 
mifologizatsiya-qadimgi turkiy adabiyot asosi” kabi ilmiy asarlarida yodgorliklardagi 
folklor namunalari oʻrganadi. B) Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining nazariyasi: “Kul 
tigin yodnomasi poetikasi” (Oʻlmas obidalar) tarkibida), “Qadimiy hikmatlar”, 
“Kultigin yodnomasida alliteratsiya”” “Kultegin yodnomasida adabiy etiket”, 
“Kultegin yodnomasida badiiy san’atlar” kabi ilmiy asarlari yodgorliklardagi nasriy 
va she’riy san’at turlari namunalarini oʻrganadi.
XULOSA 
Ma’lum boʻladiki, Q.Sodiqov oʻz asarlarida yodgorliklarning til xususiyatlarini 
va tarixiy, falsafiy tomonlarini yoritgan boʻlsa, N.Rahmonov esa ularni nazariy va 
badiiy jihatdan yoritib berdi.
5
Rahmonov N, Matboboyev B. “O’zbeksitonning ko’hna turkiy-run yozuvlari”,-Toshkent.Fan, 2006 



Yüklə 427,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə