22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari



Yüklə 130,61 Kb.
səhifə21/24
tarix28.11.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#138262
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

NAZORAT SAVOLLARI
1. Xalqaro logistikani tartibga solishning huquqiy asoslari sanab bering
2. Xalqaro logistikaning axborot infratuzilmasi nima
3.LPI reytingida Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarining o‘rni qanday?
4.Yo‘l yoqasidagi servisni rivojlantirish nimalardan iborat?

24-mavzu. XALQARO LOGISTIKA RIVOJLANISHINING MUAMMOLARI

1.1. Xalqaro logistikaning axborot infratuzilmasi


1.2. O’zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarning jahon logistika tarmog‘iga integratsiyalanishi
Kalit so’lar: konseptual jihatlar, bojxona protseduralari, xalqaro logistik strategiyalar, logistik menejmentni, moliyaviy to‘siqlar, ichki analoglar, aniq muddatiga” logistik konsepsiyasi just-in-time.

1.1. Xalqaro logistikaning axborot infratuzilmasi

Hozirgi kunda moddiy oqimni ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshirmasdan boshqarib bo‘lmaydi, u moddiy oqimning tashabbuslantiruvchisi bo‘lib hisoblanadi, uning yo‘nalishi, shiddati, mazmunini belgilaydi va butun harakat yo‘li davomida unga hamrohlik qiladi. Logistikada axborot texnologiyalarini joriy qilish va ulardan foydalanishning dolzarbligi ishlov berishga tortilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar hajmining tobora o‘sib borayotganligi bilan shartlanadi. Moddiy oqim ko‘rinishidagi ma’lum bir tadqiq qilish va boshqarish ob’ektiga ega bo‘lgan logistikada axborot spetsifik xarakterga ega. Logistik axborot – tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish to‘g‘risidagi iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida mavjud bo‘lgan va aylanadigan, bu faoliyatni boshqarish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladigan ma’lumotlardir [21, 361-bet].


Moddiy oqimning butun o‘tish yo‘lida axborot oqimlarini boshqarish axborot logistikasining mazmuni bo‘lib hisoblanadi. Logistikaning ushbu funksional yo‘nalishining asosiy maqsadi kerakli joyda, kerakli vaqtda zaruriy mazmundagi (qaror qabul qiladigan shaxs uchun) minimal xarajatlar bilan kerakli axborotni (moddiy oqimlarni boshqarish uchun) yetkazib berishni ta’minlaydigan axborot tizimlarini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘lib hisoblanadi [3, 163-bet].
Global axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishining zamonaviy yutuqlari iqtisodiy faoliyat uchun global elektron muhitning (axborot infratuzilmasining) shakllanishiga olib kelgan, bu o‘z navbatida biznesda va odamning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining boshqa sferalarida yangi imkoniyatlar eshigini ochgan. Global axborot infratuzilmasi jahon ko‘lamida qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq logistik axborotni to‘plash, tashkil qilish va tashishga yo‘naltirilgan.
Xalqaro axborot logistikasining asosiy tushunchalari axborot oqimi va axborot tizimi bo‘lib hisoblanadi.
Axborot oqimi – bu logistik tizimda logistik tizim bilan tashqi muhit o‘rtasida aylanadigan, logistik operatsiyalarni boshqarish va nazorat qilish uchun zarur bo‘ladigan xabarlar jamlanmasidir. Axborot oqimi qog‘oz va elektron hujjatlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin [6, 172-bet].

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə