3 – kurs talabasi Sattorov Mirshodning “Tabiiyot va Geografiya o’qitish metodikasi” fanidan


Geografik jamiyat, klub va o’lkashunoslik muzeyi



Yüklə 50,73 Kb.
səhifə4/8
tarix09.02.2022
ölçüsü50,73 Kb.
#83637
1   2   3   4   5   6   7   8
SINFDAN TASHQari

2. Geografik jamiyat, klub va o’lkashunoslik muzeyi.

Geografiya to’garagiga qaraganda geografiya jamiyatida a’zolar ko’proq bo’ladi va uning faoliyati turli tumanligi bilan ajralib turadi. Geografiya jamiyatining maqsadi o’quvchilar orasida va maktab joylashgan hududa geografik bilimlarni tashviqot qilishdan iborat. Geografiya jamiyatida o’quvchilar izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyati bilan shug’ullanadi.

Geogafik izlanuvchanlikda o’quvchilar kutubxonadagi mavjud xujjatlarni o’rganishadi, ya’ni arxiv materiallari, foto rasmlar, davriy nashriyot materiallari, amaliy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, statistik materiallar, geografik haritalar, rasmlar va kartinalarni o’rganishadi.

Geografik izlanishda maxalliy aholidan so’rov o’tkazish ham katta ahamiyat kasb etadi. Izlanuvchanlikda kuzatish katta o’rin tutadi. Bunda tabiat, tabiat hodisalari, ishlab chiqarish jarayoni kuzatiladi. Izlanuvchanlikda eski va yangi haritalarni solishtirish ham muhim natijalarni berishi mumkin.

Izlanuvchanlikdan so’ng o’quvchilarni tadqiqot ishlariga qiziquvchanligini oshirish lozim. O’quvilar tadqiqot ishlariga jalb qilinganda ularni tadqiqot o’tkazish usullari bilan tanishtirish lozim. Shundan so’ng ularda tadqiqot o’tkazish uchun mustaqil ishlar topshirish mumkin. Bunda o’quvchilar matematik, kartografik usul bilan hamda geografik asbob-uskunalar, jihozlar va jihozlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari shart. Tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib borilaishi mumkin: joyni tuprog’ini o’rganish va haritaga tushirish; joydagi antropogen landshaftlarni o’rganib ularni geografik haritaga tushirish, joydagi ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish va h.k.


Yüklə 50,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə