3 – kurs talabasi Sattorov Mirshodning “Tabiiyot va Geografiya o’qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 50,73 Kb.
səhifə8/8
tarix09.02.2022
ölçüsü50,73 Kb.
#83637
1   2   3   4   5   6   7   8
SINFDAN TASHQari

Geografik kechalar. Geografik kechalar o’quvchilarni xordig’ini, ya’ni dam olishini tashkil qilish maqsadida uyushtiriladi. Geografik kechalarda sinfdan tashqari ko’p ishlarni uyg’unlashgan xolda o’tkaziladi: ma’ruzalar, devoriy gazetalar chiqarish, vektorinalar, KVN, geografik va ekologik mazmunga ega bo’lgan fil'mlar Geografik kechalarda quyidagi mavuzalarda ishlar uyushtirilishi mumkin: alohida viloyat, tuman yoki shaharning iqtisodiy geografik sharoiti; shahar yoki tumanning ekologik muammolarri; shahar yoki tumandagi demografik muammolar va h.k.

XULOSA

O’quvchilarni tabiat haqida, o’z yashash joyini geografik sharoitini o’rganish jarayonida tabiiy muhit haqida tasavvurlari yanada kengayadi va rivojlanadi. Tabiatni asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera) o’rganish davomida o’quvchilarni tabiiy muhit haqida tasavvurlari kengaya boshlaydi.

O’quvchilarda geografiya faniga qiziqish uyg’otish. Geografiya to’garagida, geografik kechalarda va boshqa sinfdan tashqari ishlarda geograf sayox va olimlar, yirik geografik kashfiyotlar, materiklarni kashf qilish tarixi, xalq xo’jaligini rivojlanishida geografiyani o’rni haqida ma’lumotlarni o’rganish davomida o’quvchilarda geografiya faniga bo’lgan qiziqish ortib boradi. O’qituvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega . mazkur ishlarni ham asosan geografiya to’garagida olib boriladi. Unda turli xil geografik tadqiqotlar haqida to’garak a’zolari ma’lumotlar tayyorlab ular asosida ma’ruzalar tayyorlashadi. Sinfdan tashqari ishlar quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: - tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkon beradi; Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilar o’z yashash joyining tabiati, xo’jaligi va aholisi haqida chuqur bilimlarga ega bo’lishadi. Bu esa ularda vatanparvarlik hamda vatan bilan fahirlanish tuyg’ularini shakllanishiga imkon beradi; - sinfdan tashqari ishlar olingan bilimlarni hayot bilan bog’lashga, nazariy bilimlarni O’zbekistonni buyuk davlatga aylantirish amaliyoti bilan bog’lashga imkon beradi; - sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasbiy va mehnatga tayyorlashga imkon beradi, ularda mustaqillik xususiyatlarini shaklantiradi. Bunday ishlar to’garak ishlarini olib borishda, muhim amaliy tadbirlarni, tajriba va eksperementlarni o’tkazishda amalga oshiriiladi; - sinfdan tashqari ishlar o’quv ishlari bilan chambarchas bog’langan. Chunki sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni geografik bilim va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi; - sinfdan tashqari ishlar maktabdan tashqari ishlar bilan chambarchas bog’langan. Mazkur bog’liqlik ushbu ishlarni olib borish shaklida, mazmunida va metodlarida ifodalanadi. Maktabdan tashqari ishlarni sinfdan tashqari ishlardan farqi ular maktabdan tashqari tashkilotlar tomonidan uyushtiriladi va amalga oshiriladi (yoshlar uyi, yosh turistlar uyushmalari va x.k). Bilish manbalariga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni olib borishni quyidagi usullarini ajratish mumkin (Yu.A. Valishin, 1985) - og’zaki usullar (verbal) ma’ruza, suhbat, intervyu. Ushbu usullarda bilish manbai bo’lib o’qituvchini so’zi hisoblanadi. Suhbatlar, ma’ruzalar, intervyularni olimlar, ekspedettsiya xodimlari, davlat muassalari xadimlari, xalq xo’jaligi mutaxasislari olib boradi; - amaliy usullar ular bitta yoki o’quvilar guruhi bilan o’tkaziladigan amaliy ishlarda qo’llaniladi. Mazkur amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar geografik asbob uskunalar va jihozlardan foydalanish, geografik haritalar bilan ishlashni, atrof muhitni muxofaza qilishni amalda o’rganishadi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1. GEOGRAFIYА O’QITISH METODIKASI . H.VAHOBOV, .R.ALIMQULOV, N.B. SULTANOVA Toshkent-2020

2.WWW.WIKIPEDIA.UZ



3. WWW.ZIYONET. UZ
Yüklə 50,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə