3 – kurs talabasi Sattorov Mirshodning “Tabiiyot va Geografiya o’qitish metodikasi” fanidan


Geografik konferentsiyalar va kechalar



Yüklə 50,73 Kb.
səhifə7/8
tarix09.02.2022
ölçüsü50,73 Kb.
#83637
1   2   3   4   5   6   7   8
SINFDAN TASHQari

3. Geografik konferentsiyalar va kechalar .

Maktab o’quvchilarini geografiya faniga qiziqtirishni yana bir bosqichi “Geografik konferentsiya” hisoblanadi geografik konferentsiyada ishlar quyidagi tartibda olib boriladi.

1. Konferentsiyaning mavzusi aniqlanadi. Konferentsiyaning mavzusi geografiya fanining hamda o’lka geografiyasining dolzarb muammolariga bag’ishlanadi. Masalan, cho’llanish jarayoni, iqlimni isishi, yoqilg’i resurslarini muammosi, demografik muammo, ekologik muammo va h.k.

2. Konferentsiyaga tayyorgarlik bo’yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlangan adabiyotlar ro’yxati tuziladi. 10-15 kun avval konferentsiya o’tkazish haqida ma’lumot osib qo’yiladi.

3. Konferentsiyani o’tkazish. Konferentsiya qatnashchilari o’zlari tanlagan mavzu bo’yicha loyiha tayyorlashadi va uni konferintsiyada himoya qilishadi. Masalan O’zbekiston maktablarida “Orol muammosi”ga bag’ishlangan konferentsiya tashkil qilish mumkin. Geografiya o’qituvchisi mazkur muammoni quyidagi qismlarga bo’lib har bir bo’lim bo’yicha loyiha tayyorlashni xoxlovchi o’quvchilarga topshirishi mumkin: Orolni XX asrning birinchi yarmidagi tabiiy geografik sharoiti; Orolni XX asrning ikkinchi yarmidagi quriy boshlashining asosiy sabablari; Orolni qurishini geografik oqibatlari; Orolni qutqarib qolish bo’yicha loyihalar.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha quyidagi loyixalarni yashab turgan joyi bo’yicha tuzilishi mumkin:

1. Joyining (shahar, tuman, qishloq) geografik joylanishi. Bunda quyidaggi ma’lumotlar yoritiladi: matematik geogrvfik joylanishi; tabiiy geografik joylanishi; iqtisodiy geografik joylanishi; siyosiy geografik joylanishi; geogekologik joylanishi. . 2. Joyning tabiiy resurslari

3. Joyning tarixi

4.Joyning iqtisodiy geografik joylanishi

5. Joyning rekratsion va turistik obyektlari

6. Joyning rivojlanish kelajagi

Mazkur mavzularni o’quvchilarga bo’lib beriladi va ular geografik konferentsiya uchun ma’ruza tayyorlashadi.




Yüklə 50,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə