3 – kurs talabasi Sattorov Mirshodning “Tabiiyot va Geografiya o’qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 50,73 Kb.
səhifə2/8
tarix09.02.2022
ölçüsü50,73 Kb.
#83637
1   2   3   4   5   6   7   8
SINFDAN TASHQari

1. Geografiya to’garaklari.

Geografiya to’garaklari sinfdan tashqari ishlarni asosiy shakli bo’lib xisoblanadi. Geografiya to’garagining asosiy maqsadi o’quvchilarni geografiya faniga qiziqishini kuchaytirish, ularni geografik bilim va ko’nikmalarni yanada rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat.

Geografiya to’garagini tashkil qilish va uni faoliyatinni muntazam olib borishda to’garak boshlig’i quyidagi ishlarni amalga oshiradi: a) tashkiliy ishlar; b) to’garakni ilmiy yo’nalishlarini aniqlash; v) to’garakda ilmiy ishlarni borishini boshqarish. . Tashkiliy ishlarga quyidagilar kiradi:

- geografiya to’garagi uchun joy tanlash. Geografiya to’garagi uchun alohida xona sifatida geografiya kabinetini olish mumkin. Chunki geografiya kabinetida to’garak a’zolari uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar, jihozlar, jihozlar geografik hartitalar va atlaslar mavjud bo’ladi. Mabodo geografiya kabineti bo’lmasa to’garak a’zolari tomonidan maktab rahbariyati yordamda jihozlanishi lozim. Geografiya xonasidagi barcha o’quv vositalari ro’yxati bo’lmog’i lozim. Geografiya xonasida o’quv vositalari geografiya fanini tarmoqlari bo’yicha joylashtirilgan bo’lmog’i lozim. Masalan, tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, o’lkashunoslik, qo’shimcha vositalar (qo’shimcha adabiyotlar);

- to’garakni a’zolarini ruyxatini tuzish.to’garakka turli sinflardan geografiya faniga qiziquvchilar a’zo bo’lishlari mumkin. Shuning uchun to’garak a’zolaprining yoshi ham qiziquvchanlik darajasi va bilim va ko’nikmalari ham turlicha bo’ldi, demak to’garakni ishini loyihalashtirilayotganda, to’garak a’zolariga topshiriqlar berayotganda mazkur farqlar xisobga olinmog’i lozim;

- to’garakni tashkiliy qo’mitasini tuzish. To’garakni birnchi majlisida uning tarkibiy qo’mitasi tuziladi. Bunda to’garakni rahbari, yo’nalishlar bo’yicha rahbar va a’zolar aniqlanadi va tasdiqlanadi; - to’garakni nomi va uning yo’nalishlari aniqlanadi. To’garakni nomi “Yosh geograf” bo’lishi mumkin. Uning ichida quyidagi yo’nalishlarni tashkil qilish mumkin: “Yosh tabiiy geograf”, “Yosh iqtisodiy geograf”, “Yosh o’lkashunos”, “Yosh geolog”, “Yosh topogrof”, “Yosh kartograf”, “Yoshmeteorolog”, “Yosh gidrolog”, “Yosh ekolog”, va h.k.

- to’garak va uning tarmoqlarini ish rejasi tasdiqlanadi va uning ish faoliyatini boshlanadi. Ish rejasi o’quv yili va chorak uchun tuziladi. Har o’quv yilida xisobot qilingan ishlar bo’yicha hisobot tuziladi. To’garakning ishi har haftada bir marta o’tkaziladi.


Yüklə 50,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə