3- ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot. Reja


U О’lchovlar - keng tarqalgan о’lchash vositalaridan hisoblanadi.  О’lchov



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix27.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#113434
1   2   3   4   5   6
PdfFile

U


О’lchovlar - keng tarqalgan о’lchash vositalaridan hisoblanadi. 
О’lchov
deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
о’lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va 
shu kabilarni о’lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
О’lchovlarning ham turlari va xillari kо’p. Standart namunalar va 
namunaviy moddalar ham о’lchovlar turkumiga kiritilgan. 
Standart namuna - m
odda va mayetriallarning xossalarini va 
xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan 
о’lchov sanaladi. Masalan, g’adir-budurlikning namunalari, namlikning standart 
namunalari. 
Namunaviy modda
esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bо’ladigan va 
aniq xossalarga ega bо’lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va 
hokazolar. "Toza rux" 420
0
S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
О’lchovlar kо’p qiymatli (о’zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga 
bо’lingan chizg’ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, о’lchash kolbasi, normal 
element) turlarga bо’linadi. Ba’zan о’lchovlar tо’plamidan ham foydalaniladi. 
Kattalikning о’lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
tutishimiz lozim bо’ladi: 
Ishchi о’lchash vositalari, namunaviy о’lchash vositalari, ishchi etalon
solishtirish etaloni, nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi 
etalon va davlat etaloni. 
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
о’lchovlar 
etalonlar
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga 
bо’linadi. Davlat etalonlari namunaviy о’lchov va asboblarni tekshirishda 
qо’llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 
О’lchash asbobi 
deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay kо’rinishli shaklda 
о’lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqarishga muо’ljallangan о’lchash vositasiga 
aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab о’lchash vositalari quyidagilarga bо’linadi: 
Shkalali о’lchash vositalari; 
Raqamli о’lchash vositalari; 
О’ziyozar о’lchash vositalari.


1.1
rasm. О’ziyozar asboblar 
a) uzluksiz yozuvli о’ziyozar asbob; b) nuqtali о’ziyozar asbob. 
 
Takrorlash uchun savollar. 
1. О’lchashga ta’rif keltiring va uni izohlab bering. 
2. О’lchash obyektlariga misollar keltiring. 
3. О’lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring. 
4. О’lchash usullariga izoh bering. 
5. О’lchov va о’lchash asboblarining farqi qanday? 

Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə