3- mavzu. Atomda elektron orbitalarning tuzilishi. Kvant sonlari, elementlarini elektron formulalarini misollar asosida keltirib chiqarish. Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish va misollar echish



Yüklə 16,08 Kb.
səhifə2/4
tarix18.03.2022
ölçüsü16,08 Kb.
#84560
1   2   3   4
amaliyot 3

Kvant sonlar. Bosh kvant son (n) elektronning energiyasini belgilab, butun sonlar: 1, 2, 3, 4, ... bilan ifodalanadi. Elektron buluti kvant holatining o‘zgarishi energiyaning yutilishi yoki chiqishi bilan bog’liq.

Orbital kvant son l=k-1 ga (k  qarab chiqilayotgan pog‘onachaning tartib raqami: s  pog‘onachaning tartib raqami  1, p  pog‘onachaning tartib raqami  2, d  pog‘onachaning tartib raqami  3 va h.k.) teng bo‘lgan butun sonlarni qabul qiladi. U elektronlarning shaklini tasvirlaydi. Elektronlarning energetik pog‘onalari energetik pog‘onachalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham elektronning energiyasi faqatgina elektron bilan yadro orasidagi masofaga emas, balki uning harakat momentiga ham bog‘liq. Birinchi n=1 energetik pog‘onaga faqat bitta l=0, ikkinchi n=2 energetik pog‘onaga l=0 va l=1 pog‘onachalar to‘g‘ri keladi (1-ilova). Har qanday atomdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan energetik pog‘onachalar soni qat’iy bo‘lib, ular bosh kvant songa teng. l=0, 1, 2, 3, ... pog‘onachalarni mos ravishda s-, p-, d-, f-, g, ... harflari bilan belgilash qabul qilingan. s-elektronlar shar, p-elektronlar gantel, d-elektronlar rozetka yoki murakkab gantel shakliga ega. Bosh kvant sonlar harflar oldida yoziladi, masalan, 1s, 2s, 2p va hokazo.


Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə