3- mavzu. Atomda elektron orbitalarning tuzilishi. Kvant sonlari, elementlarini elektron formulalarini misollar asosida keltirib chiqarish. Kimyoviy bog‘lanish turlarini o‘rganish va misollar echish


Atom orbetallari tuzilishi bo’yicha misollar yechish



Yüklə 16,08 Kb.
səhifə4/4
tarix18.03.2022
ölçüsü16,08 Kb.
#84560
1   2   3   4
amaliyot 3

Atom orbetallari tuzilishi bo’yicha misollar yechish

Namunaviy misol. Atomlarning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi energetik pog‘onalarida maksimal nechta elektron bo‘lishi mumkin?

Yechilish usuli: Har bir pog‘onadagi elektronlarning maksimal soni (2.4.1) formula yordamida topiladi: 1-pog‘ona: N=212=2 ta; 2-pog‘ona: N=2·22=8 ta; 3-pog‘ona: N=2·32=18 ta; 4-pog‘ona: N=2·42=32 ta.
Mustaqil ishlash uchun test masalalari!

1. Agar 150-inchi element ixtiro qilinsa, uning 5-pog‘onachasida eng ko‘pi bilan nechta elektron bo‘lar edi?

2. 37elementning 3pog‘onasida ko‘pi bilan nechta elektron bo‘ladi?

3. 86-elementning 4-pog‘onasida ko‘pi bilan nechta elektron bo‘ladi?

4. 11-elementning elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi?

5. 16-elementning elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi?

6. 19-elementning elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi?
Namunaviy misol. 56-elementning 3d pog‘onachasi oldin to‘ladimi yoki 4s pog‘onasi?

Yechilish usuli: n+l=3+2=5 va n+l=4+0=4. Demak, 4s pog‘onacha 3d-pog‘onachadan oldin to‘ladi.
Mustaqil ishlash uchun test masalalari!

1. 53-elementning 3d-pog‘onachasi oldin to‘ladimi yoki 4p-pog‘onachasi?

2. 33-element elektron pog‘onachalarining to‘lish tartibini toping

3. 1s22s22p63s23p64s23d104p3 konfiguratsiya qaysi elementga to‘g‘ri keladi?

4. 24-elementning 3p, 3d, 4s pog‘onachalarida nechtadan elektron bo‘ladi?

5. To‘rtinchi davr elementlaridan qaysi birida toq elektronlar soni ko‘p?


Namunaviy misol. Germaniy atomi valent elektronlarining kvant sonlarini (n, l, ml, ms) aniqlang.

Yechilish usuli: 32-raqamli element germaniyning elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p63d104s24p2 bo‘lib, uning oxirgi 4s24p2 elektronlari valent elektronlardir. Bu elektronlarning bosh kvant sonlari 4, 4, 4, 4 dir. Orbital kvant sonlar  0, 0, 1, 1, magnit kvant sonlar 0, 0, +1, 0, spin kvant sonlar +1/2, -1/2, +1/2, -1/2 bo‘ladi.
Mustaqil ishlash uchun test masalalari!

1. Uglerod atomi valent elektronlarining kvant sonlarini (n, l, ml, ms) aniqlang.

2. Qaysi elementning valent elektronlari n=4; l=0; ml=0 va ms=+1/2 kvant sonlariga to’g’ri keladi?

3. Pog‘onalardagi energetik holatlar (orbitallar) sonini qaysi kvant son belgilaydi?

4. Elektronning fazodagi xususiy holatini qaysi kvant son belgilaydi?

5. Elektron bulutning shaklini qaysi kvant son belgilaydi?

6. Elektronning energiyasini qaysi kvant son belgilaydi?

7. Elektron harakatining traektoriyasini qaysi kvant son belgilaydi?

8. Orbital kvant son l ning berilgan qiymatiga ko‘ra magnit kvant son qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?

9. Qaysi elektronlar shar shakliga ega.



10. Qaysi elektronlar gantel shakliga ega?
Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə