3- varyant Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiyaning qanday shakllari mavjud?


Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash uslubiyati



Yüklə 70,47 Kb.
səhifə4/9
tarix26.01.2023
ölçüsü70,47 Kb.
#99442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Azizbek

5. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash uslubiyati
1. Dars qismlarida o’quvchilarda to’g’ri qad-qomatni shakllantirishga, tuzatishga va takomillashtirishga qanday e‘tibor berildi? Baho bering.
2. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash ishlarining mazmuni: o’quvchilarga qanday topshiriqlar berildi, jismoniy tarbiyaning qanday usullari (qat‘iy tartiblashtirilgan mashq usullari, o’yin, musobaqa usullari, aylanma mashq usuli va h.k.) qo’llanildi, ularning maqsadga muvofiqligi va shug’ullanuvchilarning xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars o’tkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi.
3. Darsdagi yuklamani baholash, uning o’quvchilar xususiyatlariga, dars vazifalariga, dars o’tkazish sharoitlariga va h.k. muvofiqligi, yuklamaning hajmini va shiddatini boshqarishda qo’llanilgan metodik usullarning maqsadga muvofiqligi.
4. Dam olish uchun ajratilgan vaqt, uning qaytarilishi va davom etishi.
6. Pedagogning tarbiyaviy ishlari
1. Darsning turli qismlarida tarbiyaviy vazifalarni hal etish uchun qanday topshiriqlar berildi.
2. O’quvchilarning aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi uchun nimalar qilindi, ular qanday amalga oshirildi (intizomlilik, do’stlik va o’rtoqlik hissiyotlarini tarbiyalash; o’quvchilarda mustaqillikni, fikrlash faolligini oshirishga qaratilgan metodik usullarni qo’llash; darsda muammoni hal qilish va ijodiy izlanish uchun sharoitlar yaratish, shug’ullanuvchilarning kuzatishda va xatolarni to’g’rilashda, natijalarni baholashda qatnashishlarini, o’zaro o’rgatish va tarbiyalashni tashkil etish).
3. Pedagogning sinfni boshqara bilishi, o’quvchilarda ongli munosabatlarni shakllantirishi, ularda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga qiziqish uyg’otishi va h.k.
7. O’quvchilarning hulqi
1. O’quvchilarning darsga o’z vaqtida tayyorlanishi, ularning darsga, ayrim topshiriqlarni bajarishga munosabati.
2. Shaxsning faollik, onglilik va tashabbuskorlik ko’rsatishi.
3. Ko’rsatilgan natijalarni nazorat qilishga, qiyinchiliklarni engishga bo’lgan bardoshi.
4. O’quv-tarbiya ishlarining mazmuni va natijasidan o’quvchilarning qoniqish yoki qoniqmasligi, ularning hissiy holati.
5. O’quvchilarning bir-biriga yordam berishi, ularning o’qituvchiga bo’lgan munosabati.
6. Navbatchi va guruh boshliqlarining o’z burchlarini qanday bajarganliklari, kamchiliklari va yutuqlari.

Yüklə 70,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə