3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
86 
GAT nuqtayi nazaridan olib qarasak
“Ma’lumot bazasi – bu tizimli 
ravishda kompyuterga kiritilgan qayd(record)lar yigʻindisi boʻlib, kompyuter-
dagi maxsus dasturlar turli savollarga javob olishga yordam beradi”
.
Har bir 
qayd yaxshiroq saqlanishi va aniqlanishi uchun ma’lumot elementlari orqali 
tashkil etiladi. Soʻrov berilganda oʻsha qaydlar qaror qabul qilish uchun javob 
hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini ishlatish va soʻrovlarga javob berishga 
moʻljallangan kompyuterlashgan dasturiy tizim ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi.
Har qanday MBBT foydalanuvchiga ma’lumot olish jarayoni oson va qulay 
boʻlishi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, MBni yaratish va uni boshqarish 
bu tizimning eng asosiy vazifalaridan sanaladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish 
deganda bazadagi jadvallar ustidan turli xil boshqaruv operatsiyalarini oʻtkazish 
tushuniladi. Bunday operatsiyalar jumlasiga: 

qayd (record)larni kiritish; 

soʻrov qilish; 

qaydlarni modifikatsiyalash; 

qaydlarni oʻchirish kabilar kiradi. 
Yuqoridagi operatsiyalar foydalanuvchiga ma’lumotni MBda saqlash, olish 
va yangilash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchiga turli 
jadvallar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni yaratishga imkon berishi kerak. 
MBBT ning quyidagi turlari hozirgi kunda dasturlash tizimida keng 
qoʻllanilmoqda: 

Microsoft Access 

Oracle 

Sybase 

SQL Server 

DB 2 
Har bir MBBT asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

Jadvallar – ma’lumot saqlash. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
87 

Soʻrovlar – tanlangan axborotni monitorda tasvirlash. 

Hisobotlar – formatlangan bosma shakldagi axborot. 

Shakllar – qaydlarni kiritish, oʻzgartirish va oʻchirish uchun yaratilgan 
ekranlar. 
MBBT tomonidan koʻrsatiladigan afzalliklar koʻlami keng, lekin har 
qanday MBBT yaxshi ishlashi uchun quyidagi afzalliklarga ega boʻlishi kerak: 

Ma’lumot va dasturlarning mustaqilligi
. Bu MB ning eng birinchi 
afzalligidir. Dastur va ma’lumotlarning mustaqil harakat qilishi vaqt va xarajat 
tejalishiga olib keladi. 

Ma’lumotni boʻlishish va koʻpaytirmaslik
. MB dagi boshqa vositalarga 
MBdan axborotlarni olish imkoniyati berilgan va bu, oʻz navbatida, ma’lumotlar 
qaytarilishining oldi olinib, koʻpayib ketmasligiga imkon beradi. 

Ma’lumot butunligi


Markazlashgan nazorat
. Bu orqali ma’mur oʻz vaqtida ma’lumotlarning 
toʻgʻri tasvirlanayotganligini va olinayotganligini nazorat qilib turadi. 

Xavfsizlik

MB 
ustidan 
berilgan 
nazorat 
orqali 
ma’mur 
foydalanuvchilarning xavfsiz kanallar orqali kirayotganini va foydalanuvchi 
uchun kerakli ma’lumotga ruxsat berishni ta’minlaydi. Xavfsizlik tizimi 
ma’lumotlarning tasodifiy yoki atayin yoʻqotilishining oldini olishi kerak. 

Ijro va samaradorlik.
MB ning naqadar katta oʻlcham va hajmga ega 
ekanligini va undan foydalanish uchun kiradigan foydalanuvchilar soni hamda 
soʻrovlarni hisobga oladigan boʻlsak, yaxshi ijro etish va samaradorlik juda 
muhimdir, ya’ni ma’mur foydalanuvchi turiga qarab (individual yoki katta 
tashkilot boʻlsa) MB ni mos holda tuzib, unga mos tarzda ruxsat berishi mumkin. 
MBBT ning

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə