3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
79 
qoʻyiladigan darajada boʻlmasa, unda syomkani qayta boshlash kerak boʻladi. 
Yangi syomkada esa oldin oʻlchangan nuqtalar joylashuvi oʻzgarishi mumkin.
Geodezistlar an’anaviy syomka paytida burchak oʻlchash ishlarida teodolit 
va masofa oʻlchashda lenta hamda metrlardan foydalanishadi. Vaholanki, hozirgi 
kunda bunday asboblar oʻrnini ham burchak, ham masofa oʻlchay oladigan 
elektrooptik elektron teodolitlar egallamoqda (3.10-rasm).
3.10-rasm.
Zamonaviy teodolit 
(Manba: Trimble veb-sahifasi)
Bu turdagi asboblar avtomatik ravishda ma’lumotlarni xotirasida saqlaydi 
va eng muhimi, vektor nuqtalarni, chiziqlarni hamda maydonlarni toʻgʻridan 
toʻgʻri dalaning oʻzida yaratadi. Bu esa bizga joyning oʻzida dala va kameral 
ishlarni taqqoslab, toʻgʻrilab olish imkoniyatini beradi. Zamon rivojlanishi bilan 
eski geodezik syomka oʻrnini yangi zamonaviy syomka turlari egallamoqda, 
natijada ishning sifati va aniqligi ham oshib bormoqda.
Odatda, syomka qilish uchun ikki kishi talab etiladi, ulardan biri elektron 
taxeometrni ishlatish bilan mashgʻul boʻlsa, ikkinchisi nur qaytaruvchi prizmani 
ushlab turishi lozim. Ba’zi masofadan turib boshqariladigan tizimlarda birgina 
insonning oʻzi ham elektron taxeometr, ham prizmani boshqarishga yetarli 
boʻlmoqda. Yer yoki dala syomkasi koʻp vaqt talab qiladigan va qimmat syomka 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
80 
boʻlishiga qaramasdan, hozirgacha berilgan nuqtaning koordinatasini yuqori 
aniqlikda topishning eng yaxshi yoʻli sifatida baholanib kelmoqda.
Bunday turdagi ishlar yuqori aniqlik talab qiluvchi muhandislik ishlarida, 
jumladan bino va inshoot qurilishida, chegara belgilash va boshqa ishlarda 
qoʻllanilib kelmoqda. Bundan tashqari, bunday syomka natijasida olingan 
ma’lumotlar boʻyicha tayanch punktlarning koordinatasi yuqori aniqlikda 
olinmoqda va bu nuqtalarga asoslanib aerokosmik tasvirlarni keyinchalik 
deshifrlash orqali kerakli nuqtalarning koordinatalari topiladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə