3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Mavzu 4

Rastr ma’lumot olish.
Asosiy yoki birlamchi rastr formatdagi 
ma’lumotlarni olish yoʻllaridan biri bu masofadan zondlash orqali olingan 
ma’lumotlardir. Kengroq qilib aytadigan boʻlsak, masofadan zondlash bu 
Rejalashtirish 
Tayyorgarlik 
Raqamlashtirish 
/ Uzatish 
Tahrir qilish 
va yaxshilash 
Baholash 
3.9-rasm
.Ma’lumot toʽplash bosqichlari 
(Manba: Muallif)


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
76 
obyektning fizik, kimyoviy va biologik xossalari toʻgʻrisidagi axborotlarni 
bevosita olish texnikasidir. Bunda axborot obyektda aks etayotgan, undan 
tarqalayotgan va yutilayotgan elektromagnit radiatsiya miqdorini oʻlchash orqali 
hosil qilinadi. Elektromagnit oʻlchovlarni koʻrinuvchi va koʻrinmas, ya’ni 
mikrotoʻlqinlarni payqay oladigan sensorlar amalga oshiradi. Sensorlar ikki turga 
boʻlinadi: passiv va aktiv.
Passiv sensor
lar obyektdan tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlarni 
oʻlchash orqali ishlasa
, aktiv sensor
larning oʻzi elektromagnit toʻlqinlarni 
yuboradi va shu asosda oʻlchash ishlarini olib boradi. Bu sensorlar sun’iy 
yoʻldoshga biriktirilgan boʻladi. Bundan tashqari, masofadan zondlashga 
samolyotlar yordamida suratga olishni ham kiritishimiz mumkin. 
Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak,
masofadan zondlash bu obyektning 
fizik, kimyoviy va biologik xossalarini bevosita masofadan turib oʻlchashdir

Oldingi boblarda tiniqlikning fazoviy, spektral va vaqtli turlarga 
boʻlinishini koʻrib oʻtgan edik.
Fazoviy tiniqlikda muhim koʻrsatkichlar bu obyektning yoʻl qoʻyiladigan 
aniqlikdagi tasvir oʻlchami va eng muhim oʻlchov koʻrsatkichi esa bu uning 
piksel oʻlchamidir. Sun’iy yoʻldoshdan olingan suratlar odatda 0,5 m dan 1 km 
gacha oʻlchamdagi piksellarga ega boʻlgan tasvirlar hisoblanadi. 
Aerofotosyomka suratlarini oladigan kameralarning sifat tiniqligi 
(resolution)
odatda 0,1m dan 5m oraliqda boʻladi. Tasvir oʻlchamlari sensorlar 
turiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Odatdagi farq 900 ga 900 dan boshlab 
3000 ga 3000 gacha pikselda boʻlishi mumkin. Sensorlarning umumiy masofadan 
zondlash kengligi odatda 9x9 km dan 200x200 km gacha boʻladi. Spektral 
tiniqligi oʻlchangan elektromagnit spektrning bir qismigagina aloqadordir. Turli 
obyektlar har xil turdagi radiatsiya miqdorini va turini tarqatganligi, yutganligi 
uchun elektromagnit spektrlarning qismiga qarab qaysi boʻlimni qoʻllash muhim 
ahamiyatga ega. Masofadan zondlash tizimlari ma’lum diapazonda tarqalayotgan 
toʻlqinlarning bir qismi yoki bir qancha qismlarini olgan holda ham ishlashi 
mumkin. Yuqoridagi fikrlarning barchasi sun’iy yoʻldosh orqali ma’lumot va 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə