3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
78 
oshirishda hamda shu asosda joyning uch oʻlchamli tasvirini hosil qilishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Kosmik tasvirlash tizimida ulkan masshtabdagi GAT loyihalarini amalga 
oshirishda sun’iy yoʻldoshlarga oʻrnatilgan sensorlar bulutlarga duch kelib
tasvirga olish imkoniyati qiyinlashadi va shu sababli xira hamda uncha aniq 
boʻlmagan tasvirlar yoki ma’lumotlar olinadi. Hozirda ushbu muammolarni 
bartaraf qilish ustida ish olib borilmoqda va zamonaviy yangi avlod sensorlari 0,6 
metr fazoviy tiniqlikka egadir. Aero - va kosmik kameralardan olingan ma’lumot 
hajmi juda ulkan boʻlishi va ba’zida ularni saqlash hamda qayta ishlashda 
muammo keltirib chiqarishi mumkin. 
Vektor ma’lumot olish. 
Asosiy yoki birlamchi vektor ma’lumot olish bu 
geografik ma’lumot olishning asosiy manbayi hisoblanadi. Vektor ma’lumot olish 
ikkita muhim qismga: dala yoki yer va GPS syomkasiga boʻlinadi. Oxirgi 
vaqtlarda GPS syomkasi tobora kengroq qoʻllanilib bormoqda va bu ikki tur 
syomka bir-biriga qoʻshilib ketmoqda.
Dala yoki yer syomkasi istalgan nuqtaning uch oʻlchamdagi joylashuvini 
boshqa koordinatasi ma’lum boʻlgan tayanch nuqtalar (reper, marka, signal) 
yordamida oʻlchash tamoyiliga asoslangan. Syomka ishlari tayanch nuqtadan 
boshlanadi. Agar bu nuqtaning koordinata sistemasi ma’lum boʻlsa, qolgan 
barcha oʻlchangan nuqtalar mana shu sistema doirasida olinadi. Agar ma’lum 
boʻlmasa, mahalliy yoki qiyosiy koordinata sistemasini ishlatadi. Syomka paytida 
olingan nuqtalar syomka oʻlchovlaridan olinganligi uchun ularning koordinatalari 
boshqa nuqtalar koordinatalariga bogʻliq holda boʻladi.
Bizga geodeziya kurslaridan ma’lumki,bu turdagi syomkada boshlangʻich 
va oxirgi nuqta oʻzaro bir-biriga bogʻlanishi kerak. Masalan, yopiq poligon ichida 
syomka bajarilsa, boshlangʻich nuqtaning koordinatasi bilan oxirgi nuqtaning 
koordinatasi bir xil boʻlishi, yoʻl yoki trassa syomka qilinganda esa boshlangʻich 
nuqtadan boshlanib kelingan syomka oxirgi koordinatasi ma’lum boʻlgan nuqtaga 
kelganda aynan oʻsha nuqtaning koordinatasi chiqishi kerak, aks holda xatolik 
paydo boʻlib, agar u yoʻl qoʻyilgan darajada boʻlsa, tarqatib yuboriladi. Agar yoʻl 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə