Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda marksheyderlik ishlari



Yüklə 151,02 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü151,02 Kb.
#140920
4 mavzu-3


14-Mavzu.
FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISHDA MARKSHEYDERLIK ISHLARI.


Reja:

  1. Karyerlardagi asosiy marksheyderlik ishlari.

  2. Karyerlardagi marksheyderlik tasvirga olish tayanch punktlari.

  3. Karyerlarda uzunlik o‘lchash ishlari.



Tayanch iboralar: tayanch va tasvirga olish tarmoqlari, grafik xujjatlar, zaxira o‘zgarishining hisobi, yo`qotishlar, burg‘ulash – portlatish ishlari, qoplama jins, geodezik tarmoq, tipik, konveyer, balla-2m.

Konlarni ochiq usulda qazishda marksheyderlik ishlarining sharoitga bog’liq bo’lgan qator yaxshi – yomon tomonlari bor.


Ishlarning yer yuzasida bajarilishi bir tomondan marksheyderlik dala ishlarini yengillashtirsa, ikkinchi tomondan ob – havo ta’siri bor. Bu dala ishlarini o’tkazishni og’irlashtiradi. (14.1-rasm)





14.1-rasm. Konlarni ochiq usulda qazishda marksheyderlik ishlari.

Karyerlarda asosiy marksheyderlik ishlari quyidagilardan iborat:



  • tayanch va tasvirga olish tarmoqlarini qurish, kon qazish ishlari va boshqa kon – texnik joylarini tasvirga olish;

  • kon ishlaring rivojlanish xolatini aks ettiruvchi grafik xujjatlarni tuzish;

  • zaxira o‘zgarishining hisobi, foydali qazilmalarni qazib olish va yo`qotishlar, navbatdagi bosqichlarda tashkilotning zaxira bilan ta’minlanishini aniqlash;

  • qazib chiqarilayotgan qoplama jins va foydali qazilmaning hajmini hisoblash, portlatilgan qismini belgilash;

  • burg‘ulash – portlatish ishlarida marsheydyerlik ta’minoti;

  • foydali qazilmaning sifati, geometrik joylashishini o‘rganish, bu tarkiblarning joyda taqsimlanganligini aks ettiruvchi kon – geometrik hujjatlarni tuzish;

  • kon ishlarini boshqarish uchun kerak bo‘lgan barcha kon – geometrik ma’lumotlarni yig‘ish saqlash qayta ishlash;

  • foydali qazilmalarni qazish ularning sifat jihatdan yo‘qotilishini me’yorlarga amal qilgan holda nazorat qilish;

  • o‘yilishlar va o‘pirilishlar holatini nazorat qilish bilan kon ishlarining borishi xavfsizligini ta’minlash.

Karyerlada marksheyderlik tayanch tarmoqlari davlat geodezik tarmoqlari va shu joyning tarmoqlari punktlaridan tashkil topadi.
Punktlarining soni va joylashishini karyerning marksheyderi quyida keltirilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda aniqlaydi:

  • punktlar qo‘zg‘almasligi va uzoq muddat saqlanishini ta’minlanganligini;

  • tasvir asoslarining zichlashishi bilan ishning eng oz miqdoriga erishish.

Tipik marksheyderlik tayanch tarmoqlari ishchi gorizontlardan hech bo‘lmaganda 2-3 ta punkt ko‘rinadigan qilib karyer bortlari bo‘yicha joylashgan punktlardan tashkil topadi. Ichki (otval) ag‘darmalar bilan ishlashda tayanch tarmog‘i punktlari ag‘darmaning buzilmaydigan joylariga joylashtiriladi. Tog‘li joylarda karyerlarni o‘rab turgan uning har xil nuqtalarida ko‘rinadigan tepaliklaridan foydalaniladi. Tayanch tarmoq punktlari yo‘riqnoma qo`ygan talablarga javob beradigan qilib beton monolitlar bilan mahkamlanadi. Nuqta ustiga 5-6 m balandlikdagi 3 qirrali piramida o‘rnatiladi. Tayanch tarmoqlari analitik tarmoqlari yoki poligonometriya 1 va 2 turkumlarida shakllanadi. Tasvirga olishdagi farqni yo‘qotish uchun nuqtalarning o‘zaro joylashish xatoligi, nuqtalarning turkumi yoki sinfidan qat’iy nazar asosiy marksheyderlik plani masshtabida 0,1 mm dan kichik bo‘lishi kerak.
Nuqtalarni aniqlash uchun keltirilgan talablar asosida turkum va tarmoq sxemasi tanlanadi, 1 va 2 turkum analitik tarmoqlar uchburchak tarmoq shaklida yuqori sinf nuqtalariga tayanib quriladi. Burchak o‘lchash T2 va T5 optik teodolitlarda yoki ularga teng aniqlikdagi teodolitlarda bajariladi. Burchak o‘lchashda o‘rta arifmetik xatolik, uchburchaklar bog‘lanmasligi bo‘yicha 1 – turkum tarmoqlarda ±5”, 2 – turkum tarmoqlarda ±10” dan oshmasligi kerak. Burchak o‘lchash ishlari analitik tarmoqdagi singari, turkumlarga muvofiq aniqlikda bajariladi.
Marksheyderlik balandlik tayanch tarmoqlari I sinf geometrik nivelirlash va texnik nivelirlash yordamida quriladi. Balandlik tarmog‘i rejaviy tayanch tarmoqlari belgilari va geometrik nivelirlashdan aniqlangan yerga va devorlarga o‘rnatilgan reperlardan tuziladi.
Balandlik tayanch tarmoqlari soni va joylashishini marksheyder, karyerdagi qazish ishlari jarayoni sharoitidan kelib chiqib, rejaviy tayanch tarmoqlarini loyihalashtirishdagi kabi aniqlaydi.
Karyerlarni qurish va qazib olishda marksheyder har xil transport yo‘llarini qurish rejasini tuzishiga olib keladi: temir yo‘llar, avtomobil, konveyer va osma – kanat, transport yo‘llari.
Boshlang‘ich loyihalash matyeriallari asosida transport yo‘llarini qurish rejasini bajarish qo‘yidagicha bo‘ladi:

    1. temir yo‘l chizig‘i yoki avtomobil yo‘li koordinata nuqtalari bilan ular o‘qi birlashtiriladi, boshlang‘ich yo‘nalish direksion burchagi, burilish burchagi uchlari orasidagi masofa, burilish burchagi va bog‘lovchi yoy radiusi;

    2. yo‘l chizig‘ining qora va qizil chiziqlar bilan ko‘rsatilgan bo‘ylama va yonlama yon tomonidan ko‘ndalang qirqimlar, xuddi shunday loyihaviy qiyalik;

    3. uzatuvchi markaz koordinatalari bilan uzatuvchi o‘qni joylashtirish;

    4. osma – kanat yo‘llari uchun markaziy tayanch koordinatalari va ular balandliklari;

    5. konveyer yo‘llarining uzinasiga yon tomonlama qirqim va rejasi va boshqalar.

Uzunlik o‘lchash ishlari karyer sharoitida tomon uzunligi va ko‘z ilg‘ash shart – sharoitlaridan kelib chiqib TD-2, SM-3 yoki MSD-1 m tipli svetodolnomyerlarda bajarilish tavsiya etiladi. Poligonometriya 2 – turkumda tomon uzunligini o‘lchash parallaktik metodda “Balla-2m” tipli asosiy rekalar yordamida bajarishga ruxsat etiladi. Osma o‘lchash asboblari, sim, lenta yoki ruletkalarning qo‘llanilishi, ish hajmi kichikligi yoki qulay o‘lchash sharoiti va boshqa vositalarsiz ishlash mumkin bo‘lgani bilan texnik va iqtosodiy qulaydir.
Yüklə 151,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə