3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi


-Mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI



Yüklə 184,79 Kb.
səhifə18/41
tarix19.05.2023
ölçüsü184,79 Kb.
#111312
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

9-Mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI


Ma’ruzaning rejasi

1.Tovar-moddiy zaxiralarning mazmuni, tarkibi va baholanishi


2.Tovar-moddiy zaxiralarning saqlanish joylaridagi hisobi
3.Tovar-moddiy zaxiralarning sintetik hisobi


1.Tovar-moddiy zaxiralarning mazmuni, tarkibi va baholanishi

Xo’jalik yuritishning muhim omili bo’lib korxonaning ishlab materiallar, ya’ni chiqarish zahiralariga ega bo’lishligi hisoblanadi.


Materiallar - bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat predmetlaridir. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq, ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lgan aktivlar kiradi:

  • Xom- ashyo va materiallar – mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish (bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari;

  • Yarim tayyor mahsulotlar (polufabrikatlar) – bu ishlovning ma’lum texnologik bosqichlaridan o’tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi mumkin bo’lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari;

  • Butlovchi qismlar – bu buyumni bir butun holatga keltirishda zarur bo’lgan qismlari.

  • Yoqilg’i – bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan yoqilg’ilar (benzin, kerosin, salyarka, suyultirilgan gaz va boshqalar);

  • Moylash materiallari – bu texnik vositalarni ishlatishga ketadigan solidol, aftol va shu kabi moylar.

  • Ehtiyot qismlar – bu texnik vositalarning tarkibiy unsurlari ( porshen, gilza, ballon, kamera va boshqalar );

  • Qurilish materiallari – bu obyektlarni qurish, ta’mirlashda qullaniladigan materiallar (g’isht, taxta, sement va boshqalar);

  • Yem-xashaklar – bu korxonalarning balansida turgan hayvonlarni saqlash, o’stirish, boqish uchun yetishtirilgan, sotib olingan omuxtalar, ko’kat o’tlar, silos, yontoq, samon va shu kabi yem-xashaklar.

  • Tara – bu mahsulotlarni o’rashda, tashishda, saqlashda ishlatiladigan aktivlar ( butulka, bochka, yaщik , xalta va boshqalar );

Ishlab chiqarish zahiralariga yuqoridagilardan tashqari istesno tariqasida inventarlar va xo’jalik buyumlari, shuningdek o’stirishdagi va boquvdagi mollar ham kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra asosiy va yordamchi zaxiralarga bo’linadi.

Yüklə 184,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə