3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi


Asosiy ishlab chiqarish zahirasi



Yüklə 184,79 Kb.
səhifə19/41
tarix19.05.2023
ölçüsü184,79 Kb.
#111312
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

Asosiy ishlab chiqarish zahirasi deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni asosiy komponentini tashkil etadigan xom - ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa ishlab chiqaruvchi korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo’lib go’sht hisoblanadi. Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o’rash plyonkasi, shpagat va boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday qurilish tashkilotida qurilish materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy ishlab chiqarish zaxiralari bo’lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish zaxiralari bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Ishlab chiqarish zaxiralarini ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda xisobga olish;

  • Ishlab chiqarish zaxiralarini tugri turkumlash va guruxlarga ajratish;

  • Ishlab chiqarish zaxiralarini tugri baxolash;

  • Ishlab chiqarish zaxiralariga kilingan kushimcha xarajatlarni (tashib keltirish, boj va soliq to’lovlari, kurs o’rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikasiyalash va boshqalar) tugri xisobga olish, ularni uz vaktida sotib olingan zaxiralar tannarxiga (kiymatiga) yoki korxona xarajatlariga kiritish.

  • Ishlab chiqarish zaxiralari xolati va xarakatini tugri, uz vaktida va tegishli boshlangich xujjatlar bilan rasmiylashtirish xisobga olish;

  • Ishlab chiqarish zaxiralariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarni tug’ri va o’z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat qilish; Ishlab chiqarish zaxiralari holati va xarakati bo’yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to’liq uyg’unligini ta’minlash;

  • Ishlab chiqarish zaxiralarining butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda kayta ruyxatdan utkazish (inventarizasiya kilish), uning natijalarini tugri aniklash va xisobga olish;

  • Mavjud ishlab chiqarish zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun omborlarda meyeridan ortiq zaxiralarni saqlamaslik, ularni qo’shimcha nobudgarchiliklariga yo’l qo’ymaslik, keraksiz materiallarni sotish va uning natijalarini tugri xisobga olish;

  • Ishlab chiqarish zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda to’g’ri aks ettirish;

  • Arzon baholi buyumlarning eskirishini to’g’ri hisoblash, to’liq eskirgan buyumlarni o’z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans qiymatini hisobotda to’g’ri aks ettirish.


Yüklə 184,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə